Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

27.06.2023 16:24

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida prezident Shavkat Mirziyoevning farmoni e`lon qilindi. 

Mukofotlanganlar ro`yxati:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Butaev Shoyim Primkulovich - «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi muharriri

Mirzayarov Uktam Xayrullaevich - «Guliston» va «Teatr» jurnallari bo`lim muharriri

Nuritdinov Xayrulla Bokidjonovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» teleradiokanali» davlat muassasasi direktori

«Do`stlik» ordeni bilan

Alimbekova Jumakul Maulenovna - «Nurl jol» gazetasi mas`ul kotibi

Aripov Maxmudjon Musinovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali bo`lim katta muharriri

Axrorov Mirasror Mirabrorovich - «Ovozi tojik» gazetasining Farg`ona va Andijon viloyatlari bo`yicha muxbiri

Djunaydullaeva Ugiloy Inatullaevna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi guruh muharriri

Erejepov Baxitbay Kengesbaevich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Nukus teleradiomarkazi» filiali bosh ovoz rejissyori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Sadikov Xusanbori Mirganievich - «Mushtum» jurnali bosh rassomi

Shametov Baxtiyor Almetovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Toshkent» teleradiokanali» davlat muassasasi guruh bosh rejissyori

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Kamilov Sardor Abduraximovich - «Milliy telekanal» mas`uliyati cheklangan jamiyatining bosh muharriri va prodyuseri

Omanov Muxiddin Sattarovich - «O`zbekiston nashriyoti» davlat unitar korxonasining bolalar va badiiy adabiyotlar tahririyati mudiri

Radjabov Dilshod Esanovich - «Muharrir» nashriyoti bosh muharriri
 

«Sog`lom turmush» medali bilan

Talipjanova Shafoat Manapovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» teleradiokanali» davlat muassasasi bosh muharririyati katta muharriri

Fayziev Davron Axmedjanovich - O`zbekiston futbol assosiasiyasining marketing va media bo`limi boshlig`i
 

«Shuhrat» medali bilan

Abdunazarov Ravshan Sattarovich - «Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi» davlat unitar korxonasining Surxondaryo radioteleuzatish markazi stansiya etakchi muhandisi, Surxondaryo viloyati

Ajimuratov Azamat Lepesbaevich - Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining axborot bo`limi boshlig`i

Arslonova Jamila Amirovna - Zangiota tumani «Istiqbol» gazetasi muxbiri, Toshkent viloyati

Axmedov Ibroxim Raximovich - «Grand» radiostansiyasi bosh muharriri va boshlovchisi

Axmedov Qobuljon Xoliqovich - «Mening yurtim» telekanali bosh direktori

Vohidov Jur`at Samandarovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi montajchisi

Davletova Nozimaxon Eldarovna - Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori

Jo`raev Olim Ergashevich - Buxoro viloyati hokimining axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi – matbuot kotibi

Ismailov Muzaffar Abdullaevich - «Daryo.uz» veb-sayti rahbari

Kaysarov Timur Adixamovich - «Yangi O`zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati mas`ul kotibi

Kenjaev Ruslan Alisherovich - «Xalq so`zi» va «Narodnoe slovo» gazetalari bosh muharririning o`rinbosari

Qosimova Norinisa Ergashevna - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo`limi bosh mutaxassisi

Madumarova Baxrinsa To`xtasin qizi - «Zamon.uz» veb-sayti bosh muharririning o`rinbosari

Mazitov Abduraim Malikovich - «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalash sexi ishchisi

Mamirov Suyundik Maxammatovich - O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bosh mutaxassisi

Muminov Ergash Abdumigatovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Oʻzbektelefilm» davlat muassasasi sahnalashtiruvchi kinorejissyori

Nasirova Irodaxon Xusanovna - «Zo‘r TV» telekanalining prodyuseri va boshlovchisi

Otaboeva Gulnora Xosiljonovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi «Asr» studiyasi siyosiy sharhlovchisi

Rasulov Baxodir Baxtiyorovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali teleoperatori

Raximova Ra`no Mirfazilovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasi suxandoni

Raximxodjaev Zayniddin Xusniddinovich - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazi etakchi mutaxassisi

Rizaev Akbar Mansurovich - O`zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining Ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo`yicha markazi boshlig`i

Ruzieva Fazila Muxtorovna - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasining ixtisoslashgan fond va majburiy nusxalarni saqlash xizmati rahbari

Saidov Ikrom Tulyaganovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Maxsus avtokorxona» davlat muassasasi haydovchisi

Toshniyazova Gulmira Xusanovna - «Kun.uz» veb-saytining Toshkent shahri bo`yicha muxbiri

Umarov Dilshod Sodikovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo bo‘ylab» telekanali» davlat muassasasi efirga uzatish bo`limi bosh rejissyori

Urinbaeva Sevara Kuchkaralievna - O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Axborot xizmati rahbari – jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi boshlig`i

Xaitaxunov Shukur Djalilovich - Jalaquduq tumani «Jalaquduq hayoti» gazetasi muharriri, Andijon viloyati

Shodieva Lolajon Ozodovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» radiokanali rejissyorlar bo`limi bosh rejissyori

Yaxshiboeva Ozoda Abdujalolovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi guruh muharriri

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар