Sardoba fojеasiga asosiy sabab — suv ombori qurilishi oxiriga etmagandi — vazir

23.06.2023 22:13

20 iyun kuni O`zbekiston suv xo`jaligi vaziri Shavkat Xamraev vazirlikda o`tkazilgan matbuot anjumanida Sardoba fojeasi haqidagi yangi tafsilotlarni oshkor qildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Vazirga ko`ra, Sardoba suv ombori to`g`oni yorilishiga asosiy sabab — uning qurilishi oxiriga etmagani bo`lgan.

«Sardoba suv ombori qurilishi hali tugamagan edi. Lekin loyihasi qilingan paytda hududi aniq belgilangandi. Keyin eng katta masala, Sardoba suv omborida 27 mlrd. so`mlik o`zgarishlarni nazorat qiluvchi (suv sizib chiqishlar haqida xabar beruvchi — tahr.) qurilmalar o`rnatish rejasi bor edi. Ammo o`sha loyihani moliyalash oxirigacha etkazilmagandi. O`sha loyiha moliyalashtirilganida suv chiqishni boshlashi bilan sirenalar chalinardi. Bu tizim hali oxiriga etmagandi. Sardoba suv omborining eng katta fojialaridan bittasi — qurilish oxiriga etmagandi», — degan vazir Xamraev.

«Asosiy komissiya ham, ishchi komissiya ham bo`lmagan edi. Biz tezroq foyda bersin, xalq — jizzaxliklar, sirdaryoliklar qiynalgan, deb uni uch yil ichida (300 mln kub metrgacha) to`ldirib ishlatishni boshlagandik. Ammo geologiyasi pand berdi», — deya qo`shimcha qilgan u. 

Shuningdek, Shavkat Xamraev Sardoba fojiasidan so`ng O`zbekistondagi barcha suv omborlari nazoratdan o`tkazilganini qayd etgan.

Xamraev Sardoba suv omborining taqdiriga ham to`xtalib, bu bo`yicha loyiha ishlab chiqilgani va bir qancha variantlar ichidan eng samarali bo`lgan bittasi tanlab olinganini ta`kidlagan.

«Loyihaga ko`ra, suv ombori 600 mln. kub metr sig`imgacha rekonstruksiya qilinadi. Fojia paytida suv birdaniga ketgan vaqtda juda ko`p joylar o`tirgan, tuproqning zichlik darajasi va boshqa narsalarga ancha ziyon etgan. Shu sababli uni qayta tiklash masalasi turibdi. Buning uchun ancha yillar va ko`p mablag` ketadi. Bu jarayon albatta, Qozog`iston tomoni roziligi va ishtirokida bo`ladi. Bu haqda (qarorda) yozib qo`yilgan», — deya ma`lum qilgan Shavkat Xamraev.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар