«17 ta tut daraxti shikastlangan» — Chinozdagi yong`inni Ekologiya vazirligi ham o`rgandi

22.06.2023 17:44

Vazirlikka ko`ra, yonish natijasida jami 41 million so`mdan ortiq miqdorda zarar etkazilganligi aniqlangan.

Kecha, Rost24.uz'ning tarmoq sahifalari orqali Toshkent viloyati, Chinoz tumani hududda katta dala yonayotgani haqida xabar bergandik.

Shundan so`ng, Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Bugun Ekologiya vazirligining ma`lum qilishicha, vazirlik va Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi mas`ullari tomonidan voqea joyida dastlabki o`rganish ishlari olib borilgan.

«O`rganish  davomida Chinoz tumani, “Tillatopgan” MFY hududidan o`tuvchi M-39 avtomagistral yo`l bo`yida joylashgan “Chinoz T.S dalasi” fermer xo`jaligiga qarashli g`alladan bo`shagan er maydonida 11,6 gektar somonpoya qoldiqlari yoqilganligi aniqlandi.

Natijada dala chegara qismiga qator qilib ekilgan 17 tup tut daraxti o`sishdan to`xtamaslik darajasida shikastlangan.

Yonish natijasida tuproqdagi gumus va azotning yo`qolib ketgani va tuproq unumdorligiga 24 692 896 so`m, o`simlik dunyosiga esa 16 830 000 so`m miqdorida zarar etkazilganligi aniqlandi», deyiladi vazirlik xabarida.

«Holat yuzasidan fermer xo`jaligi rahbari A.Y.dan somonpoya qoldiqlarining yoqilishi bo`yicha voqea joyida yozma ravishda tushuntirish olindi, huquqbuzar esa etkazilgan zararni qonuniy tartibda to`laydigan bo`ldi», deyiladi xabarda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар