Sirdaryo viloyati va Xovos tumani hokimliklari sayitimizda: «Sirdaryo: "Soyuz” davridan qolgan ta`mirtalab yo`llar» sarlovhasi ostida e`lon qilingan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ushbu videolavhada Xovos tumanidagi uchta mahalla (Bo`ston, Husnabod, Qahramon) aholisini qiynayotgan 4 kilometrlik yo`l maslasi fuqarolar fikri va mas`ullar javobi asosida kutarilgan edi.
Sirdaryo viloyat hokimligi o`z rasimy munosabatida “aholini qiynayotgan 4 kilometrlik yo`l maslasi kuni kecha deputatlar Kengashiga kiritilgan ob`ektlar ro`yxatida mavjudligini, yaqin kunlarda ta`mirlash ishlari boshlanishini” ma`lum qildi.
Xovos tumani hokimligi esa viloyat avtomobil yo`llari bosh boshqarmasiga tayangan holda “ushbu yo`llar 2010-2017 yillar mobaynida “Sardoba” suv ombori qurilish paytida og`ir yuk tashuvchi avtotransport vositalari muntazam ravishda qatnashi natijasida nosoz holatga kelganini, biroq Xovos tuman yo`llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan o`tgan yillar davomida Binokor va Bo`ston MFYlarni bog`lovchi yo`llarda joriy ta`mirlash ishlari amalga oshirilgani” qayd etgan.
«Sirdaryo viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi tomonidan avtomobil yo`lining ta`mirtalab qismini 2023 yilning yakuniga qadar ta`mirlab berilishini o`z nazoratiga olishini ma`lum qiladi», deyiladi rasmiy munosabatda.
Va`dalar qog`ozda qolmaydi, degan umiddamiz. Rost24.uz bu mavzuga yana qaytadi.