“Gazprom” O`zbekistonga yiliga 6 mlrd. metr kub gaz etkazib berishi mumkin

17.06.2023 18:55

Rossiyaning  kompaniyasi shu yilning 4-choragidan Qozog`istondan o`tuvchi “Markaziy Osiyo – Markaz” quvuri orqali O`zbekistonga etkazib berishni boshlaydi.

“Kommersant” nashriga ko`ra, gap yiliga 6 mlrd. kub metrgacha yoki kuniga taxminan 18 million kubometr etkazib berish haqida bormoqda (Etkazib berish hajmlari har yili yangilanadi).

«Gazprom, O`zbekiston va Qozog`iston Energetika vazirligi “Kommersant” so`roviga javob bermadi», deb yozadi nashr.

Nashrning tahlilchilarga tayanib qayd etishicha, “Gazprom” dan 6 milliard kub metr sotib olish O`zbekistonga o`z ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi, biroq bu Xitoyga gaz eksporti bo`yicha shartnomani to`liq bajarish uchun etarli bo`lmaydi.

«Evropaga gaz eksporti kamaygani sababli Gazprom gaz hajmining bir qismini Markaziy Osiyo mamlakatlariga yo`naltirishga harakat qilmoqda. O`tgan yilning noyabr oyida kompaniya Qozog`iston va O`zbekiston bilan Rossiya gazini ushbu mamlakatlarning ichki bozorlariga etkazib berish va uning Xitoyga ehtimoliy tranziti bo`yicha “gaz ittifoqi”ni yaratish masalasini muhokama qila boshlagan», dedi “Kommersant”.

«Qish mavsumidagi tanaffuslar tufayli O`zbekiston Xitoyga eksport majburiyatlarini bajara olmadi, uch oy davomida etkazib berishni muzlatib qo`ydi. Pekin va Toshkent har yili 10 milliard kub metrgacha gaz etkazib berish bo`yicha shartnoma imzolagan, biroq bu hajmlar hech qachon to`liq etkazib berilmagan», deya Xitoyga ehtimoliy tranziti bo`yicha “gaz ittifoqi”ni yaratish masalasini muhokama qilish sababini izohlaydi nashr.

«Bu yil qishda O`zbekiston g`ayritabiiy sovuqlar va Turkmanistondan gaz etkazib berishning to`xtatilishi natijasida yuzaga kelgan energetika inqiroziga duch keldi. Mamlakatda elektr energiyasi ommaviy ravishda uzildi, issiqlik ta`minoti va iste`molchilarga gaz ta`minotida uzilishlar kuzatildi.

2022-yilda mamlakatda gaz qazib olish o`tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga kamayib, 51,7 milliard kub metrni tashkil qildi. 2023 yilda ishlab chiqarish hajmi 56,3 milliard kub metrgacha oshishi mumkin».

“O`ztransgaz”ga ko`ra, O`zbekistonda qazib olinadigan gazning qariyb 10 foizi Xitoyga eksport qilinadi. Hajmlar oydan oyga o`zgarib turadi, qishda etkazib berish minimaldir.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар