Rost24.uz dagi maqoladan keyin Samarqanddagi nomsiz ko`chalarga nom qo`yiladigan bo`ldi

02.02.2021 10:37

Rost24.uz axborot saytida 1 fevral kuni “Samarqandda nom-nishonsiz ko`chalar va raqamsiz uylar ko`p. NEGA?” sarlavhali maqola e`lon qilingan edi. Shundan so`ng mutasaddilar maqola muallifi Toshpo`lat Rahmatullaevni masalani atroflicha muhokama etish uchun shahar hokimligiga taklif qilishdi. Yillar davomida hal etilmasdan kelinayotgan muammoga qanday va qachon echim topiladi? Bu haqda so`z yana yana maqola muallifiga.

***

Maqola axborot saytida e`lon qilinishi bilan hech qancha vaqt o`tmasdan kaminaga Samarqand shahar hokimining maslahatchisi Suhrob Ergashev qo`ng`iroq qilib, “Maqolangizda ko`tarilgan muammo ko`p vaqtdan beri o`zimizni ham qiynab kelayotgan edi. Ko`chalarga nom qo`yish masalasi ayrim sabablarga ko`ra ancha cho`zilib ketdi. Imkoni bo`lsa, kelsangiz maslahatlashib olardik”, dedi. 

S.Ergashev bilan nega shuncha vaqtdan beri ko`chalarga nom qo`yilmagani, uylar raqamlashtirilmagani hamda ko`pgina ko`chalarda nomi yozilgan zamonaviy ko`rsatkichlar o`rnatilmaganini mavzusida suhbatlashdik. Muammoni har bir mahalla kesimida ko`rib chiqdik. Bu haqda suhbatdoshim quyidagicha fikr bildirdi.

  • Samarqand tumanidan 30 dan ortiq mahallaning shahrimizga o`tganiga to`qqiz yil bo`lgan. O`sha vaqtda nega ko`chalarga nom qo`yilmaganidan bexabarman. Lekin keyingi ikki yil ichida biz mahallalarga nomsiz ko`chalarining ro`yxatini berishni va qanday nom qo`yish bo`yicha takliflarini so`rab kelyapmiz. Ammo shu vazifani bajarishga mahallalar sustkashlikka yo`l qo`yishdi. Biz ham boshqa ishlar bilan bo`lib, topshiriq bajarilishini nazorat qila olmadik. Endi qattiq kirishamiz.

Ko`pgina ko`chalar bir nechta mahalla hududidan o`tganini inobatga olib, nomsiz ko`chalar mavjud bo`lgan mahalla raislarini bir joyga to`plash va ulardan o`sha joyning o`zida takliflarini eshitishga qaror qildik. 

2 fevral kuni mahalla raislari shahar hokimligi hamda hokimlikning mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi mutasaddilari ishtirokida davra suhbati o`tkazildi va unda nomsiz ko`chalarga nom qo`yish masalasi atroflicha muhokama etildi. Mahalla raislari hududning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ko`chalar uchun nom taklif qilishdi. 

S.Ergashevning ta`kidlashicha, taklif etilgan nomlar shahar hokimligi huzuridagi toponimik ob`ektlarga nom qo`yish komissiyasida ko`rib chiqiladi. So`ngra nomlar viloyat va respublika komissiyalari tasdig`idan o`tadi. Shundan so`ng esa Xalq deputatlari shahar kengashi masalani uzil-kesil hal qiladi. 

“Ushbu jarayon cho`zilib ketmasligi uchun tezroq harakat qilamiz. Shusiz ham ko`p vaqt yo`qotdik”, dedi pirovardida S.Ergashev.

Toshpo`lat Rahmatullaev,

jurnalist

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
02.02.2021 19:49
Мен Ташпўлот Раҳматуллаевни ўн йиллардан бери пинхона кузатаман. Элнинг бир жонкуяри сифатида куюниб ёзганлари кўриб қувонаман. Мана бугунги ёзганларидан 34 та маҳаллага ном берилмоқда. Таклиф: Эркинжон Турдимовга. Ҳар Душанби куни аппарат йиғилишига журналистларни ўзига яқин олиб таелиф қилсин, ишонаманки катта самара беради.

02.02.2021 19:43

02.02.2021 19:42