Nosoz yo`llardan zarar ko`rgan haydovchilarga kompensasiya to`lab beriladi

13.06.2023 08:54

“Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga yo`l harakatini tartibga solishning shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. 

Rost24.uz muxbirining "Shaharlar hududida tezlik 1 apreldan boshlab 60 km.soatga tushirilishi belgilangan edi. Ammo ba`zi joylarda hali ham 70 tezlik belgilari turibdi. Haydovchilar bunda qaysi belgiga amal qilishi kerak? Bundan tashqari, misol uchun, nosoz yo`l sabab jabr ko`rgan haydovchilarning zarari qoplab beriladimi?" mazmunidagi savoliga Adliya vazirligi boshqarma boshlig`i Furqat Tojiev javob berdi:

"Yo`l belgilarini qo`yish Ichki ishlar xodimlarining vazifasi hisoblanadi. Ular matbuot anjumaniga kela olmadi,  savolingizni albatta etkazib qo`yamiz. Ammo haqiqatdan ba`zi joylarda eski tartibdagi yo`l belgilari hali ham bor. 

Yo`l nosozligi sabab zarar ko`rgan haydovchilar kompensasiya undirishi qonunchilikda bor. O`zim ham guvohi bo`lganman. Bunda qaysi tashkilot yo`lni ta`mirlashda xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygan bo`lsa, o`sha tashkilot hisobidan kompensasiya to`lab beriladi", – dedi  Furqat Tojiev.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар