Shimoliy Koreya rahbari fuqarolarning o`zini o`ldirishiga qarshi buyruq chiqardi

08.06.2023 10:07

Shimoliy Koreyada o`z joniga qasd qiluvchilar soni ko`paymoqda. Xorij OAV buning sababini o`ta qashshoqlik va ochlik bilan bog`lashmoqda.

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In mahalliy hokimiyat organlariga o`z hududlarida o`z joniga qasd qilish holatlarining oldini olishni talab qiluvchi maxfiy buyruq berdi, deb yozmoqda xorij OAV.  

Ma`lumotlarga ko`ra, buyruqda o`z joniga qasd qilish “sosializmga va vatanga xiyonat qilish harakati” deb tasniflanadi hamda bunday holatlar uchun mahalliy hokimiyat organlari javobgar bo`lishi qayd etilgan.

May oyi oxirida Janubiy Koreya Milliy razvedka boshqarmasi Shimoliy Koreyada o`z joniga qasd qilishlar soni o`tgan yilga nisbatan 40 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Boshqarma ma`lumotlariga ko`ra, bu — “Shimoliy Koreyada aholining og`ir ahvoli tufayli ko`p sonli ichki tashvishlar” bilan bog`liq.

Birgina Chxongjin shahri va uning atrofidagi tumanlarda 35 ta o`z joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan. Ba`zi hollarda butun boshli oilalar o`z joniga qasd qilmoqda.
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар