O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri o`zgargani darhol bilindi – gapirishni boshladi

02.06.2023 08:56

Hattoki, O`zbekistonga taalluqli bo`lgan tashqi siyosatda sukut saqlagan TIV olisdagi siyosiy jarayonlarga ham munosabat bildirmoqda.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Axror Burxonov o`zining faysbuk sahifasida Koreya yarim orolidagi voqealarga vazirlik nomidan rasmiy bayonot bildirgan.

Uch tilda yozilgan bayonotda shunday deyiladi:

“O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 31-may kuni Shimoliy Koreya tomonidan tashuvchi kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildiradi. Ushbu holat Koreya yarim orolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi.

BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirg`in qurollarining barcha turlarini sinovdan o`tkazishdan bosh tortilishi tarafdorimiz.

O`zbekiston tomoni bundan keyin ham umumiy farovonlik va taraqqiyot yo`lida Koreya yarim orolida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha faol qadamlarni qat`iy qo`llab-quvvatlaydi”, – deyiladi TIV bayonotida.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
28
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар