Belarus rahbari Qozog`istonni Rossiyaga qo`shilishga taklif qildi — Toqaev buni “hazil” deb atadi

29.05.2023 18:03

Belarus rahbari Qozog`istonni Rossiya Federasiyasiga qo`shilishga taklif qildi. Bu taklifga Toqaevning javob videosi e`lon qilindi

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko

Yaqinda, Aleksandr Lukashenko o`z intervyusida shunday dedi: 
— Agar kimdir xavotirda bo`lsa, men Toqaevni xavotirda deb o`ylamayman, ammo Qozog`iston va boshqa mamlakatlar ham Rossiya Federasiyasi bilan xuddi biz kabi yaqin munosabatlarga ega bo`lishi mumkin. Buning yo`li juda oddiy. Belarus va Rossiya o`rtasida tuzilgan ittifoqqa qo`shilish kerak, vassalom: shunda hammamizda yadroviy qurol bo`ladi.

Belarus rahbarining ushbu taklifiga Toqaevning javob videosi e`lon qilindi. Unda Toqaev buni “hazil” deya baholagan:

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev

— Yaqinda, Aleksandr Lukashenko Qozog`istonni ittifoq davlatiga qo`shilish taklifini bildirdi. Uning bu hazilini to`g`ri tushundim. Menimcha, bunga hojat yo`q, chunki boshqa integrasion birlashmalar ham bor, birinchi navbatda, Evroosiyo iqtisodiy ittifoqini aytish mumkin. 

Yadro quroli bizga kerak emas, chunki biz Yadro qurolini tarqatmaslik to`g`risidagi shartnoma va Yadro quroli sinovlarini taqiqlash to`g`risidagi shartnomaga qo`shilganmiz. Biz ushbu xalqaro hujjatlardagi majburiyatlarga sodiq qolamiz», — dedi Qozog`iston Prezidenti.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар