“xazna” ilovasi o`zida ko`plab qulayliklarni jamlagan bo`lib, ushbu ilovadan foydalanish orqali siz quyidagi afzalliklarga ega bo`lishingiz mumkin:
– Bank kartalar orasida bepul pul o`tkazish:
“xazna” ilovasi sizga barcha bank kartalari orasida 1 oy davomida 5 000 000 so`mgacha hech qanday komissiyasiz tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, Humo kartalari va Xalq bankining barcha kartalari o`rtasida o`zaro cheklanmagan miqdorda bepul o`tkazmalarni amalga oshirishingiz ham mumkin.
– Xalqaro imtihon xarajatlarini onlayn qoplash:
– Pensionerlar uchun maxsus imkoniyatlar:
Ilovaning maxsus Lite versiyasi mavjud bo`lib, undagi “Mening pensiyam” bo`limi orqali mijozlar pensiya to`lovi haqida ma`lumotga ega bo`lish, pensiya qabul qilish jadvali bilan tanishish, pensiya kartasiga buyurtma berish kabi bir necha imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.
– Ta`lim uchun onlayn to`lovlar
“xazna” ilovasi yordamida siz uyingizdan turib, bir necha soniya ichida OTM uchun kontrakt to`lovi, bolalar bog`chasi uchun to`lov, DTM (hozirda, Bilimni baholash agentligi) xizmati uchun to`lov va shu kabilarni masofaviy tarzda onlayn amalga oshirishingiz mumkin.
– Harbiy xizmat uchun onlayn to`lov:
– Jamg`arib boriladigan pensiya tizimi (INPS) xizmatlaridan foydalaning:
“xazna” ilovasi yordamida siz istalgan vaqtda, jamg`arib boriladigan pensiya ta`minoti xizmatlaridan keng miqyosda foydalanishingiz mumkin.
Jumladan, jamg`arib boriladigan pensiya tizimiga a`zo bo`lish, jamg`arib boriladigan pensiya ta`minotiga o`tkazilayotgan mablag`lar haqida xabardor bo`lish, jamg`arib boriladigan pensiya mablag`larini hech qanday hujjatlarsiz istalgan bank kartasiga olish, jamg`arib boriladigan pensiya mablag`lari harakati to`g`risida ma`lumotlarni onlayn tarzda olish va boshqalar.
Ilovani App Store va Google Play'dan yuklab olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida.