Yil boshida tegishli qaror bilan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2023 yilda 13 trillion so`m kreditlar ajratilishi belgilangan.
Shundan, 2,8 trillion so`mi Xalq banki, «Agrobank» va «Mikrokreditbank»ning o`z resurslari hisobidan ajratililishi ko`rsatilgan edi.
Prezidentning ushbu qarori ijrosi bo`yicha Xalq banki mablag`lar ajratyaptimi?
Ushbu savolga bankning Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish departamenti dereksiyasi direktori o`rinbosari quydagicha javob berdi:
— Qarorda 2023 yil uchun jami uchta bankka 13 trillion so`m moliyalashtirish belgilangan bo`lsa, shundan Xalq balki uchun 5,2 trillion so`m etib ko`rsatilgan. Ya`ni:
• 2,7 trillion so`mi kreditlardan so`ndirilgan mablag`lar hisobidan;
• 1,3 trillion so`mi jalb qilingan mablag`lar hisobidan;
• 1,2 trillion so`mi bank resurslaridan hisobidan berilishi belgilab berilgan.
Hozirda Xalq banki tomonidan so`ndirilgan va jalb qilingan mablag`lar hisobidan oilaviy tabdirkorlik uchun kreditlar berilmoqda.