O`zbekiston tashqi shilar vaziri Baxtiyor Saidov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan bir qancha masalalarni muhokama qilgan.
Tomonlarning muzokara va kelishuvlari natijalarini faqat Rossiya tomoni ma`lum qilmoqda.
1-masala
Moskva o`zbekistonliklarning Rossiya Federasiyasida prezidentlik saylovlarida ovoz berishi uchun sharoit yaratadi
Avvalroq, Shavkat Mirziyoev 9 iyul kuni O`zbekiston prezidentligiga bo`ladigan navbatdan tashqari saylov tayinlash to`g`risidagi farmonni imzolagan edi.
Moskva iyul oyida bo`lib o`tadigan saylovda O`zbekiston fuqarolarining Rossiyada ovoz berishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi. Bu haqida dushanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar chog`ida aytib o`tdi, deb yozmoqda TACC.
2-masala
O`zbekiston hududida Rossiya tomonidan loyihalashtirilgan atom elektr stansiyasini qurish bo`yicha bosh shartnomaning asosiy shartlari to`g`risidagi kelishuv yuqori darajada tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi dushanba kuni tarqatgan bayonotida aytildi.
3-masala
Tashqi ishlar vazirlari Moskvadagi muzokaralarda mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlarni muhokama qildi.
Ta`kidlanishicha, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalarini muhokama qilish chog`ida Lavrov Ukrainadagi mavjud vaziyat va maxsus harbiy operasiyaning borishiga Rossiyaning bahosini ma`lum qilgan.
4-masala
O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Toshkentning Moskva bilan munosabatlarida o`sish nuqtalarini izlash niyatida ekanligini ma`lum qilgan.
O`zbekiston va Rossiya o`zaro manfaatli munosabatlarni muttasil mustahkamlab bormoqda, Toshkent esa o`sishning yangi drayverlarini izlashga belog`lagan. Bu haqda Baxtiyor Saidov Sergey Lavrov bilan muzokaralar boshlanishidan oldin jurnalistlarga ma`lum qilgan.
«Rossiya Federasiyasi O`zbekistonning yaqin hamkoridir. O`tgan yilning sentyabr oyida Samarqandda bo`lib o`tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida munosabatlarimiz tarixida tubdan yangi bosqich belgilandi. Ya`ni, ikki davlat rahbarlari deklarasiyani imzoladi. O`sishning yangi drayverlarini topish va mavjud zaxiralarni ro`yobga chiqarishni ko`zlagan holda, bu sur`atni saqlab qolish va oshirish niyatidamiz», degan O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri.
Ushbu uchrashuv haqida O`zbekiston tomon esa “O`zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi muloqot kun tartibi keng ko`lamli bo`lib, istisnosiz barcha sohalarni qamrab olishi, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, qo`shimcha qiymatga ega mahsulotlarning o`zaro savdo hajmini oshirishga alohida e`tibor qaratilganini” qayd etdi.