Faol jurnalistlar O`zbekistondagi so`z erkinligini past baholadi

16.05.2023 12:52

«Jurnalist va blogerlar so`z mas`uliyatini bilmagani uchun qamaldi»

“Oltin qalam” XVII milliy mukofotini topshirish marosimida yig`ilgan jurnalist hamda jamoatchilik faollariga «O`zbekistonda so`z erkinligini 10 ballik sistemada necha ball bilan baholaysiz..?» degan savol bilan yuzlandik. Ular bu savolga turlicha javob berishdi:

Kun.uz jurnalisti Abror Zohidov so`z erkinligini 5 ball bilan baholadi va “bu ko`rsatgich o`tgan yilgiga nisbatan pasayganini” qayd etdi.

O`zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo`ja esa “O`zbekistonning kechagi o`tmishiga nisbatan, hozirgi ko`rsatkich yomon emas”, deb javob berdi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “so`z erkinligini jurnalistlarning o`zi baholashi kerakligini” ta`kidladi.

Prezident Administrasiyasi rahbari o`rinbosari Komil Allamjonov

Prezident Administrasiyasi rahbari o`rinbosari Komil Allamjonov esa so`z erkinligiga 10 balldan 5 yarim ball bilan baholadi. Shuningdek, hali “O`zbekistonda bu borada qilinadigan ishlar ko`p ekanligiga” urg`u berdi.

“Dunyo o`zbeklari” sayti rahbari Ismat Xushev “jurnalist va blogerlar so`z mas`uliyatini his qilmagani uchun qamaldi” degan fikrni bildirdi.

Shuningdek (faxriy jurnalistlardan farqli o`laroq), boshqa jurnalistlar hamda jamoatchilik faollari ham O`zbekistondagi so`z erkinligiga past baho berdi. Ular “bloger va jurnalistlarga taqiq ko`payganini” alohida ta`kidlab o`tishdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар