Rasul Kusherbaevning taklifiga deputat Jahongir Ziyaev qarshi chiqmoqda

31.01.2021 04:56
  • …Rasul Kusherbaev aytganidek, haqiqatan bu masala juda dolzarb, ammo 2 yoshgacha bo`lgan bolalarning hammasiga  bola pulini qaytarish fikrimcha to`g`ri emas. Barcha bolalarga u qanday ta`minlangan bo`lishidan qat`iy nazar to`lov ajratish nazarimda soliq to`lovchilar uchun yuk bo`lishi mumkin. Qolaversa, bu maqsadli ham emas. Puli bor, o`ziga to`q oilalar yordam pulini olishga bormasligi, ular uchun bu ortiqcha hujjatbozlik va noqulayliklar keltirib chiqarishi ham mumkin. Ammo, o`sha ajratilgan pullarni “amallab” o`zlashtirib yuboradiganlar aniq topiladi.

 

Tuman kengashi deputati Jahongir Ziyaev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaevning 2 yoshgacha bo`lgan bolalarga bola pulini qaytarish taklifiga qarshi chiqdi. Uning fikricha, bu soliq to`lovchilar uchun ortiqcha yuk bo`ladi.

Deputat Jahongir Ziyaev bola uchun nafaqa ajratish yo`llarini boshqa optimal yo`llarini tadbiq qilish kerak, degan qarashlar tarafdori. Uning fikricha, ayni damda O`zbekistonda mavjud bo`lgan yordam puli ajratish tizimi o`zini oqlamayapti.

Deputat fikrini shunday izohlamoqda: 

“Yaqindagina, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  deputati Rasul Kusherbaev “2 yoshgacha bola pulini hammaga qaytarib berish kerak. Bu masalaning aktualligi hali ham yo`qolgani yo`q”, degan fikr bilan chiqdi.
"Rasul Kusherbaev aytganidek, haqiqatan bu masala juda dolzarb, ammo 2 yoshgacha bo`lgan bolalarning hammasiga  bola pulini qaytarish fikrimcha to`g`ri emas. Barcha bolalarga u qanday ta`minlangan bo`lishidan qat`iy nazar to`lov ajratish nazarimda soliq to`lovchilar uchun yuk bo`lishi mumkin. Qolaversa, bu maqsadli ham emas. Puli bor, o`ziga to`q oilalar yordam pulini olishga bormasligi, ular uchun bu ortiqcha hujjatbozlik va noqulayliklar keltirib chiqarishi ham mumkin. Ammo, o`sha ajratilgan pullarni “amallab” o`zlashtirib yuboradiganlar aniq topiladi. Bunda soliq to`lovchilarning puli yana maqsadsiz sarflanadi. Nazarimda aholini daromadi ma`lumotlari aniq elektronlashtirilsa va fuqarolarning daromadlariga ko`ra yordam puli ajratish belgilansa maqsadli bo`lar edi. Aytmoqchimanki, kam ta`minlanganini isbotlash uchun ma`lumotnoma to`plab, yugurib yurmasin. Faqatgina ma`lum miqdorda maosh puli belgilanib, shu miqdordan kam pul oluvchi oilalarning farzandiga yordam puli ajratilsin hamda bu ishlarning hammasi inson omilisiz soliq to`lovchining identifikasion raqam ma`lumotlari orqali amalga oshishi kerak. Kam ta`minlangan oila farzandlarini biz shundayligicha tashlab qo`ya olmaymiz. Bu O`zbekiston qo`shilgan xalqaro konvensiyalarga ham zid. Shuningdek, ba`zi qishloq joylarda saqlanib qolganidek, faqatgina yordam puliga butun oila ro`zg`or qilishiga ham yo`l qo`ymaslik kerak. Fuqarolar xayriya va yordam pullariga qarab yashashga o`rganmasinlar. Bola uchun yordam pulini tibbiy muolaja, bog`cha pulidan ozod qilish, maxsus, bola uchun kerakli oziq-ovqatlar bilan ham almashtirish to`g`ridir. Ko`pgina davlatlarda xususan, AQShda bola uchun ajratilgan pul maqsadli sarflanishi uchun to`lov kartochkalari beriladi. Bu kartochka orqali faqatgina tamaki, alkogol ichimliklardan tashqari oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish mumkin. Kartochka aynan bola pulini uning ota-onasi boshqa maqsadda sarflamasligi uchun beriladi. Balki, bizda ham shu metodlarni o`ylab chiqish kerakdir. Har qanday taqdirda ham mening nazarimda hozirda O`zbekistonda mavjud bo`lgan kam ta`minlangan oila farzandlariga bola puli ajratish tizimini yangilash, optimallashtirish zarur. Bu tizimda kamchiliklar borligi, uning salbiy oqibatlari ko`rinib qolgan. Nazarimda, ayni damdagi yordam pulini ajratish tizimi o`zini oqlamayapti”, deydi deputat Jahongir Ziyaev.

O`zbekistonda hozirda amalda bo`lgan tizimga ko`ra, kam ta`minlangan oilalarning 14 yoshgacha bo`lgan farzandlariga ma`lum miqdorda pul ajratiladi.

2020 yil 1 fevraldan boshlab respublika hududida 14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, 2 yoshgacha bola parvarishi nafaqasi, kam ta`minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordamning quyidagi miqdorlari belgilangan.
Unga ko`ra:
• bir bolali oilalarga – 131 000 so`m;
• ikki bolali oilalarga – 217 000 so`m;
• uch va undan ortiq bolali oilalarga – 304 000 so`m;
• 2 yoshgacha bola parvarishi bo`yicha nafaqa – 434 000 so`m;
• kam ta`minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam – 326 000 so`mdan 653 000 so`mgacha;
• Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam – 434 000 so`mdan 1 085 000 so`mgacha etib belgilangan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
17.11.2021 05:41
Rasul kusherboevni sózlariga qóshilaman
17.11.2021 05:40
3 marotaba urundim 2 yoshgacha bólgan bolamni haqqini ololmayapman. Hech joyda ishlamaydi deb chiqormayapdi men nima qilishim kk endi kimga murojat qilay?
03.02.2021 18:56
Хеч бири Владимир Вольфович Жириновский дек ишлай олмайди, эссиз...
03.02.2021 12:16
ЗИЁЕВНИ ФАМИЛИЯСИ ЗИЁ БУЛСА ХАМ БИЛИМИ КОРОНГУЕВ ВА ЧАЛАСАВОДОВ ЭКАН!!!
01.02.2021 19:36
Хамма туг'илган болаларга 2 ёшгача бола пулини Бериш керак. Ортикча хужжатбозлик нимага керак. 1 та гувохнома ва ота онасини паспорти Билан расмийлаштириб берса Давлат камбагал булиб колмайди.
01.02.2021 18:42
Rasul Kusherboevni gapiga qo'shilaman 2yoshgachali bolalar pulini hammaga berish kerak uyi temir darvoza bo'lsa berilmaydi deyishadi temir bo'sa boy bo'ladimi yoki moshinasi bo'lsa boy bo'ladimi damas yoki tikosi bolsa boy bo'ladimi mantiq qani buyerda bu moshinani bitta yoki bir nechta oyligiga olmaganku bir yillik oyligiga ham ololmamaydi yillar davomi misqollab yegib olyabdi shu moshinasini va temir darvozasini yoki kiriditga oladi olgan oyligi kiriditga ketsa bolaga nima qoladi shu 2 yil ichida onaga ham bolaga ham parvarish kerak xech bo'lmasa shu pulni olib ona o'ziga va bolasiga ishlatadimi. Nega ona va bolalar o'rtasida kasaliklar ko'payib bola va ona nimjon bo'lib ketyabdi shu 2 yillikda o'zini tiklab olishda etishmovchilk bo'lgani uchun.
01.02.2021 10:12
Deputat Rasul Qushirboevni fikirlari 100 foiz tahsinga loyiq ahirbu bolani haqi buni hech bir shahs inkor qilishi kerak emas olga janob Qushirboev
01.02.2021 10:08
Жахонгир Зияев тугри айтяпти
01.02.2021 08:33
Вазиятларни назорат килиб берган яхши. Лекин имкон булса купчиликга берилса яхши, сабаби хозирда мухтож оилалар куп. Буни синчиклаб текшириб назорат килиб юрувчи ишчи ташкил килиш шарт...!
31.01.2021 23:33
2 йошкачан болган бола пулини бериш керак
31.01.2021 21:50
Мен депутат Жахонгир Зияевнинг фикрига кушилмайман, " бола пули" хужжат тугирлаб, боласининг хаккини сураб борган хар бир фукарога берилиши шарт. Даромадингиз уртача "мезон" дан ошиб кетган, сизга берилмайди, деб кайтарилиши керак эмас. "Оила даромади" ни хисобга олганда карияларнинг нафака пулини хисобга олиш керак эмас, ундан кура ёш боласи бор оилаларнинг "отаси"ни иш билан таьминлангизлар, маошини оширингизлар, майли уша пластик карталарини ташкил этингизлар, болалар озик- овкати ва кийим кечагини сифатли ва арзон килишнинг йулларини уйлаб топингизлар...."Ёрдам пулига бутун оила рузгор килишига хам йул куймаслик керак", дебди хурматли депутатимиз, ёрдам пули канча берилади билмадиму, лекин "бола пули" га бутун оилани бокиб буладими, масалан, 180 минг сумга...? Бу пулга боланинг узини хам бокиб булмайдику!?...Амалдорлр давлатнинг миллионлаб пулларини чунтакларига уриб маишатда яшасалар у хеч кимнинг гарданига юк булмайди, лекин боласининг хаккини сураган оиланинг арзимас маошлари " даромад " деб тийин-тийинигача хисобланади...кани хакикат, урток депутат? Халкка ёрдам бериш урнига болаларнинг пулидан "эконом" килиш йулларини излаяпсизми? Мен шахсан Р. Кушербаевнинг таклифларини куллайман. Пулга мухтож булмаган "бойлар" хужжат тугирлашни хохлашмаса, мажбуран берилиши шарт эмас!
31.01.2021 19:24
Муҳокама қилмасдан юз фоиз ҳамма бола онасига пластик карта бепул очилиб, банкдан туғридан туғри картага тушириб бериш керак бериш керак. Табақалаштириш коррупциянинг пойдевори. Эртага пайти еелиб,бола эсон-омон вояга етса сен бола пули олмагансан деб солиқдан ёки ҳарбий хизмат тўловидан озод қилинмайдику. Ё ўқишга киришига боғчага боришида тўловларда имтиёз йўқку. Ундан кейин солиқ тўловчиларни тўлаётган солиғини ғамини смасин Зиёев ва уни партияси, шундоғам солиқни олишда камбағал ё қашшоқни чўнтагига қараб олишаётгани йўқ. Солиқ тўлашда қонун ҳамма учун қатъий, нафақа ё бошқа ижтимоий тўловга келганда табақага ажратиш ўта уят ҳолат.
31.01.2021 18:06
Кушербаев тугри айтади. Бой - камбагал деб ажратиш коррупцияга йул очади.
31.01.2021 18:00
Расул Кушербоевга чунки 2 ёшга бола пулини ҳамма олиши керак.