O`zbekiston eng ko`p qaysi davlatlar bilan “oldi-berdi” qiladi?

10.05.2023 11:54

Statistika agentligi shu yilning yanvar-mart oylarida O`zbekistonning eksport-importida yuqori ulushga ega bo`lgan hamkor davlatlar o`ntaligini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston eksportida Rossiya Federasiyasi birinchi o`rinda turadi (736,2 mln. dollar). Importda esa Xitoydan (2 mlrd. dollar) keyin 1,6 mlrd. dollarlik hamkorlik bilan ikkinchi o`rinni egallagan.

O`zbekiston eksportidagi TOP: 10 davlatlar:

— Rossiya – $736,2 mln. 
— Turkiya – $336,4 mln. 
— Xitoy – $334,1 mln. 
— Qozog`iston – $280 mln. 
— Afg`oniston – $178,2 mln.
— Qirg`iz R. – $166,2 mln. 
— Tojikiston – $117,7 mln. 
— Fransiya – $97,1 mln. 
— BAA – $47,1 mln.
— Pokiston – 44,4 mln AQSh dollari

O`zbekiston importidagi TOP: 10 davlatlar:

— Xitoy – $2 mlrd.
— Rossiya – $1,6 mlrd.
— Qozog`iston – $807 mln.
— Germaniya – $655 mln.
— Koreya – $594 mln.
— Turkiya – $460 mln.
— Turkmaniston – $218 mln.
— Litva – 180 mln
— Braziliya – $175 mln.
— Shveysariya – 143 mln AQSh dollari

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар