Endi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ham «Open byudjet» orqali saralanadi

05.05.2023 10:38

Bu haqda hukumat qarori bilan nizom qabul qilindi. Unga ko`ra, jamoatchilik fikri asosida loyihalar to`plami shakllantiriladi va g`olib bo`lgan mahalla va qishloqlar aniqlanadi.

Ovoz berish jarayoni har yili noyabr–dekabr oylarida (2023 yil uchun istisno tariqasida 2023 yil may oyida) o`tkaziladi.

Jarayonlar 3 ta bosqichda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
1-bosqichda – portalda loyihalar to`plami shakllantiriladi;
2-bosqichda – shakllantirilgan loyihalar to`plami saralab olinadi;
3-bosqichda – saralash bosqichidan o`tgan loyihalar to`plamlariga ovoz beriladi.

G`olib mahalla va qishloqlar ovoz berish jarayoni boshlanishidan avval loyihalar to`plamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib, yoki aholisi soni kam bo`lgan mahallalarga (qishloqlarga) tuzatish koeffisientini qo`llagan holda loyihalar to`plamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib aniqlanadi.

Ovoz berish yakunlanganidan so`ng 3 kunda g`olib deb topilgan loyihalar to`plamini amalga oshirish bo`yicha manzilli ro`yxat shakllantiriladi hamda jamg`arma mablag`laridan foydalanish bo`yicha tuman (shahar) Maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilinadi. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan 3 kunda loyihalar uchun manzilli ro`yxatda nazarda tutilgan mablag`lar o`tkazib beriladi.

Loyihada har yil yakunlari bo`yicha jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish bilan bog`liq jarayonlarda faol ishtirok etgan fuqarolar rag`batlantirib borilishi ham ko`zda tutilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар