Rost24.uzʼda “vazir Abduhakimov olttita lavozimda bir vaqtda ishlashi” haqidagi maqoladan so`ng, uning lavozimlari uchtaga qisqargan. Biroq, “qobiliyatli” vazirimiz hali ham Toshkentda vazir, Samqarqanda “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti rektori bo`lib ishlashlamoqda.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi negizida tashkil etilgan Tabiat resurslari vazirligi tizimini kimlar boshqarmoqda?
Tabiat resurslari vaziri Abduhakimov Aziz Abdukaxarovich
Uchta o`rinbosari va bitta maslahatchisi bo`lgan Abduhakimov ko`pchilikka olttita lavozimda bir vaqtda ishlashi bilan yaxshi tanish (Bu bo`yicha saytimizda 2021 yilda maqola ham e`lon qilgandik). Samarqand viloyatida tug`ilgan 49 yoshli vazirning lavozimlari hozirga kelib uchtaga qisqargan. Ya`ni O`zbekiston shaxmat federasiyasi raisi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi direktori va Bo`stonliq tumani hokimligi lavozimlaridan ketgan. Qolgan uchta: Samarqand shahridagi “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti rektori, O`zbekiston Badminton federasiyasi raisi hamda Tabiat resurslari vaziri lavozimlarida ishlamoqda.
Aziz Abduhakimov Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti va Yaponiyaning Xitotsubasi universitetlarida tahsil olgan. Ma`lumotlarga ko`ra, u faoliyatini 1993 yilda "Ipak yo`li banki"da turli lavozimlarda boshlagan.
Tabiat resurslari vazirining birinchi o`rinbosari, Qudratov Obidjon Nematovich
Qudaratov vazirning birinchi o`rinbosari lavozimiga qadar, Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikasiyalar masalalari kotibyati mudiri hamda Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibyati mudiri bo`lib ishlagan. (Mavjud ma`lumot)
Tabiat resurslari vazirining o`rinbosari Narzullo Oblamurodov Naimovich
Oblamurodov shaxsi 2021 yilgi Prezidentlik saylovlari orqali sizu bizga ma`lum. Samarqand viloyatida tug`ilgan 48 yoshli siyosatchi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Buyuk Birtaniyadagi Birmingem universitetini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini 1996 yilda “Deloitte and Touche” xalqaro auditorlik tashkilotida boshlaydi. 2008-2017 yillarda Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti va Toshkent moliya institutida fakultet dekani lavozimlarida ishlaydi. 2017 yilda “Moliya”dan ketib, Prezident Administrasiyasiga ishga o`tadi. Keyinchalik, “Ekologiya” qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari (2020), Ekologik partiyasi raisi lavozimida ishlagan (2021). Hozirda Tabiat resurslari vazirining o`rinbosari bo`lib faoliyat yuritmoqda.
Tabiat resurslari vaziri o`rinbosari Kazbekov Jusipbek Sidikovich
50 yoshli Kazbekov Nukus shahrida tug`ilgan. Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jalligini mehanizasiyalash muhandislari insitituti hamda Kolorado shtatitidagi universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: muhandis-gidtrotexnik. Vazirning o`rinbosari lavozimiga qadar, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O`zbekistondagi filiali suv dasturlari bo`yicha kordinator lavozimida ishlagan (2015).
Tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Kusherbaev Rasul Xidralievich
Kusherbaev 36 yoshda, 1987 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan. 2010 yili O`zbekiston Davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. 2014-2019 yillarda OLIY Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. 2022 yilining dekabriga kelib, “byudjet muhokamalarida unga so`z berilmaganidan norozi bo`lib”, muddatidan oldin iste`foga chiqqan.
Vazirliklar soni 25 tadan, 21 taga qisqarganidan xabaringiz bor. Rost24.uz vazirliklar boshqaruvidagi yangi tarkib bilan tanishtirishda davom etadi!