Mas`ullarning e`tiborsizligi sabab sarson bo`layotgan ona

01.05.2023 20:03

Bola pulini ololmasdan mardikorlik qilayotgan ayol hikoyasi

Rost24.uz saytiga shu yilning 16 mart sanasida Nilufar Haydarova ismli namanganlik fuqaro bola pulini ololmagani sababli murojaat bilan kelgan edi.

Haydarova muxbirimiz bilan suhbatda, turmush o`rtog`i 2021 yilda mahalladagi janjal sabab qamalganini, shundan so`ng qaynonasi va qaynisinglisi Nilufar opa va uning qizini uyga sig`dirmay qo`yganini aytib bergan.

Shundan so`ng, u poytaxtga ish izlab keladi. Bu orada farzandi uchun oladigan bola puli ham tushmay qolib, 7 oy hujjat ishlari bilan sarson bo`ladi.

Nilufar opa Toshkentda turli mardikorlik, kunlik ishlarni qilayotganini, kunlik 20 ming so`mlik kvartira uchun ba`zan arang pul topib kelishini, ba`zi hollarda esa ovqatga ham pul topa olmay qolishini aytadi.

Murojaatni o`rganish davomida fuqaro yashagan Namangan viloyati, Norin tumani Toshloq MFY raisi bilan ham bog`landik. Mahalla raisining so`zlariga ko`ra, u Haydarovaning holatidan xabardor. «Hozirda u turmush o`rtog`ining yonida», — deydi rais. Hech bir mantiqqa to`g`ri kelmaydigan bu so`zlardan keyin, Nilufar Haydarovaning vaziyati va 2022 yil avgust oyidan buyon bola puli ololmayotgani haqida xabardor qildik. So`ngra, ushbu muammoga e`tibor qaratildi va u tez fursatda o`z echimini topdi. Biroq, mas`ullarning e`tiborsizligi tufayli Haydarova 7 oylik bola pulidan mahrumligicha qolmoqda.

Ba`zi holatlarda mas`ul tashkilot va amaldorlar harakatga kelishi uchun ularning vazifalarini eslatib turish kerak!

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар