“SQB Business” internet bank dasturi “Dibank” xizmatiga ulandi

16.02.2023 17:09

O`zsanoatqurilishbank tizimida “SQB Business” internet bank dasturining “Dibank” xizmatiga integrasiya ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Endilikda bank mijozlari bo`lgan yirik korxonalar va tadbirkorlik sub`ektlari to`lovlar bilan bog`liq amaliyotlarni oson amalga oshiradi.

Xizmatlar bozorida innovasion yondashuvlar, ayniqsa, bank sohasida ko`p ko`zga tashlanmoqda. Texnologik tendensiyalar, iste`molchilar talabining o`sishi va tizimni transformasiya qilish zarurati bu borada muhim omildir.

O`zsanoatqurilishbank tomonidan ham mijozga yo`naltirilgan qator innovasion loyihalar tatbiq etilmoqda. Ulardan biri – “Dibank” xizmati.

Xizmat yordamida endi barcha bank hujjatlari to`g`ridan-to`g`ri “1C” yoki “Didox” dasturidan yuboriladi va qabul qilinadi.

Bu bilan korxonalarning to`lovlar bilan bog`liq amaliyotlari teng yarmiga qisqaradi, to`lovlar yanada xavfsizroq bo`ladi, jarayonda inson omili va xarajatlar kamayadi.

Xizmatdan foydalanish uchun mijozlar o`zlarining “1C” dasturida “Dibank”  hisobini yaratishi va tizimga bankni qo`shishi lozim bo`ladi.

Shundan so`ng ular quyidagi imkoniyatlarga ega bo`ladi:

– “SQB Business” dasturidan hisobotni yuklamasdan, to`g`ridan-to`g`ri bank ko`chirmasini olish; 

– tayyor to`lov topshiriqnomalarini, shuningdek, ish haqi bo`yicha ko`chirmalarni bank tizimida qo`lda takrorlamasdan darhol “1C”dan yuborish.

Shuningdek, ushbu xizmat bilan kiruvchi to`lovlar, memorial orderlar, to`lov talabnomalari va inkassa topshiriqlari bo`yicha hisobdan chiqarishlar osonlashtirildi. Plastik kartalarga oylik maoshlarni tushirish bo`yicha reestr shakllantirish uchun vaqt sarflashning oldi olindi.

Batafsil ma`lumotni dibank.uz saytida yoki Bank aloqa markazi (1180, 71 200-43-43) orqali olish mumkin.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар