O`zsanoatqurilishbank tizimida mijozlarga qator qulayliklar yaratildi

01.02.2023 16:59

Joriy yilning 1 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O`zsanoatqurilishbank strategik faoliyatining 2022 yil yakunlariga bag`ishlangan brifing o`tkazildi.

Prezidentimizning 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to`g`risida”gi farmonida davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformasiya qilishga qaratilgan qator vazifalar belgilangan.  

O`zsanoatqurilishbank tomonidan tizimning barcha yo`nalishlarini tubdan isloh qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.  

Brifingda ta`kidlanganidek, 2022 yilda Bank tizimida Xalqaro moliya korporasiyasi hamda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari ko`magida mijozlarga xizmat ko`rsatishda qator qulayliklar yaratildi.

Tarmoqlararo operasiyalar yagona bank kodiga o`tkazildi, front-ofislar ixcham sotuv nuqtalariga aylantirildi. Korporativ biznes yo`nalishida 3 turda, kichik va o`rta biznes yo`nalishida 12 turda, aholi uchun esa, 18 turdagi yangi mahsulot va xizmatlar joriy qilindi.  

Tadbirkorlarga mo`ljallangan “SQB Business” dasturi, mijozlarni mobil ilova yordamida masofadan turib identifikasiya qilish tizimi ishga tushirildi. Bankning Aloqa markazi orqali ham xizmat va mahsulotlar sotuvi yo`lga qo`yildi.

Plastik kartalar soni qariyb 2 mln. donaga, terminallar 33,8 mingtaga, bankomat va infokiosklar 475 taga etkazildi. 24/7 rejimida ishlayotgan shoxobchalar soni yuzdan oshdi. 2022 yilda xo`jalik sub`ektlari va aholiga ajratilgan kreditlar so`nggi yillarga nisbatan eng yuqori ko`rsatkichga chiqib, 21 trln. so`mni tashkil etdi.  

Hisobot davrida 582 mln. dollar qiymatda xorijiy kredit liniyalar jalb qilindi. Kredit qarzdorliklari bilan ishlash tizimining xalqaro standartlari asosida tashkil qilinishi (“Soft-Collection” tizimi) hisobiga ularni undirish samaradorligi 10 foizdan 34 foizga oshdi.  

Yangicha ish uslubida O`quv va IT markazi foydalanishga topshirildi. Xodimlarni rag`batlantirishning KPI tizimi yo`lga qo`yildi. Skolkovo Moskva boshqaruv maktabi bilan hamkorlikda xodimlarni o`qitish ishlari boshlandi.

Mazkur amalga oshirilgan ishlar natijasida muassasa faoliyati yanada barqarorlashdi, moliyaviy ko`rsatkichlari sezilarli darajada o`sdi. Bu mahalliy va xalqaro tashkilotlar tomonidan alohida e`tirof etildi, xalqaro reytinglari qayta tasdiqlandi (BB- darajada).

Xususan, 2022 yilda Bank aktivlari 14 foizga oshib, 64 trln. so`mga, kredit qo`yilmalari 11 foizga o`sib, 48 trln. so`mga, depozit bazasi 1,2 barobarga ortib, qariyb 15 trln. so`mga etdi.

Xalqaro moliya korporasiyasi hamda Evropa tiklanish va taraqqiyot bankidan keyinchalik ustav kapitaliga konvertasiya qilinishi ko`zda tutilgan 125 mln. dollarlik kredit liniyalar jalb qilindi.  

Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikati qo`lga kiritildi.

“Euromoney” va “Asiamoney” kabi nufuzli xalqaro nashrlar tomonidan “2022 yilda O`zbekistonning eng ilg`or banki” va “O`zbekistonning eng yaxshi yashil banki” deya e`tirof etildi. Mahalliy miqyosda “Yilning eng yaxshi ish beruvchisi” mukofotiga sazovor bo`ldi.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар