Sobiq DXX binosini Madaniy meros agentligi saqlab qola oladimi?

09.03.2023 19:27

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabr sanasidagi 846-sonli qaroriga ko`ra, Davlat xavfsizlik xizmatiga tegishli bo`lgan “Markaziy bino” arxitektura yodgorligi sifatida ro`yxatga olingan hamda ushbu qarorda mazkur bino badiiy yoki o`zga madaniy qimmatliligi tufayli unga garov va ipoteka qo`llanilishi mumkin emasligi qayd etib o`tilgan. 

Qonun bilan belgilangan tartibda madaniy meros ob`ektlari ro`yxatiga kiritilgan binolar sotuvga qo`yilishi mumkin emas. Agar u xususiylashtirilsa ham xususiy mulkka aylantirgan shaxs tomonidan unga qandaydir zarar etadigan bo`lsa Madaniy meros agentligiga taqdimnoma bilan chiqilishi kerak.

Ushbu sobiq Davlat xavfsizlik xizmatiga tegishli bo`lgan bino sotib yuborilgan paytda Madaniy meros agentligining mulki hisoblanar edi, lekin u auksionga qo`yib sotib yuborilgandan so`ng, madaniy meros ob`ektlari ro`yxatidan chiqarilgan. Agentlikka ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida xat bilan chiqilganda sotishga ruxsat berilmagan degan javob olingan.

Madaniy merosning agentligining shunaqa tarixiy binoni yo`q bo`lib, o`rniga mexmonxona qurilishiga agentlik nima deydi, aslida uni tarixiy obekt sifatida saqlab qolish kerak emasmidi?

Rost24.uz muxbirining ushbu mazmundagi savoliga Madaniy merosni asrashga doir ishlarni lisenziyalash, ruxsatnoma berish, ilmiy-texnik nazorat qilish boshqarma boshlig`i Bahodir Haqqulov: 

“Sobiq DXX binosi davlatimizning investisiya dasturiga tushganini, xalqaro investorlarni talabnomasi bilan davlatimizga kirib kelayotgan investisiya mablag`larini hisobiga madaniy meros ob`ektlari ro`yxatidan chiqarildi. Lekin chiqarildi, degani madaniy meros ro`yxatidan butkul o`chirib yuborildi degani emas. Faqatgina davlat muhofazasida turgan ob`ekt davlat mulki emas, xususiylashtirildi. Ammo ro`yxatdan chiqarilsa ham ushbu bino nazorat qilinadi"

Ammo DXX binosi o`rnida mexmonxona qurilsa unga qisman bo`lsa ham zarar etkaziladi. Bunda agentlik zarar etkazish holatlarini nazorat qila olarmikan? Agar mehmonxona zamonaviy ko`rinishda bo`lsa, tarixiy ob`ektga zarar etishi mumkin.

Mavzuga oid maqolalar:

  1. "Madaniy meros sifatida ro`yxatga olingan DXX sobiq binosining sotilishi qonunga xilof";
     
  2. RASMIY MUNOSABAT: DXX binosi auksion savdosiga qo`yilishi mumkin emas”;
     
  3. DXXning sobiq Markaziy binosi davlat amaldori farzandiga qonuniy sotildimi?”.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар