Qarshi shahar hokimi archa bezaklari uchun xalqning salkam 2 mlrd so`m mablag`ini sarflagan

06.03.2023 12:52

«Anomal» sovuqdan arang chiqqan Qarshi aholisi yangi yil bezaklari uchun salkam 2 mlrd so`m to`lagan.

Qarshi shahar hokimligi Yangi yil bezaklariga ishlatilgan qarzdorlikni qoplash uchun 2022 yil 31 yanvar sanasida 1 998,7 ( bir milliard to`qqiz yuz to`qson sakkiz million etti yuz ming) so`m ajratgan.

 Bu qarzdorlikni hokimlik Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan o`tkazib bergan. Archa bezaklari uchun pullar Qarshi shahar mahalliy byudjetining 2023 yil boshidagi erkin qoldiq mablag`lari hisobidan qoplab berilishi ko`rsatib o`tilgan.

Mablag`lar bir nechta qurilish kompaniyalariga egalik qiluvchi «Sultan media pluss” MChJ hisobiga to`lanishi qayd etilgan.

Kompaniya rost24 muxbiriga 2 mlrdga yaqin mablag` nima uchun o`tkazilganini ochiqlashni istamadi va asosan har qanday qurilish mahsulotlari sotuvi bilan shug`ullanishini ochiqladi, xolos.

2022 yil yakunida Qarshi shahri markazida 31 metrlik archa o`rnatilib, markaziy ko`chalar yangi yil shukuhida bezatilgan.
Ma`lumot uchun, Sirdaryo viloyati, Guliston tuman hokimligi yangi yil bezaklari uchun 400 mln so`m sarflagan.

Toshkent shahri, Istiqlol ko`chasidagi maydonga o`rnatilgan yangi yil bosh archasi esa soliq to`lovchilarga bir yarim milliarddan ko`proqqa tushgandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
12
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар