Ortiqxo`jaev bergan hayfsanni Rahmonov bekor qildi

06.03.2023 09:37

Sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning 2022 yil 4 noyabrdagi farmoyishiga ko`ra, Yashnobod tuman hokimi Baxtiyor Raxmankulovga «hayfsan» intizomiy jazo chorasi tayinlangan edi. Ayni paytda ushbu hujjat  e-qaror platformasida yashirib qo`yilgan.

Ortiqxo`jaev o`rniga kelgan, Toshkent shahar hokimi vb. Baxtiyor Rahmonov mazkur jazoni bekor qilishga oid farmoyishni imzolagan.

Baxtiyor Rahmonovning 2023 yil 28 fevralda imzolagan 29-14-0 F/23 sonli farmoyishga ko`ra,  2022 yilning noyabr oyida Ortiqxo`jaev tomonidan Yashnobod tuman hokimiga nisbatan qo`llanilgan intizomiy jazo bekor qilinishi belgilangan.

Eslatib o`tamiz, Mehnat kodeksining 183-moddasiga ko`ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo`llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Intizomiy jazoni qo`llagan ish beruvchi o`z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko`ra jazoni bir yil o`tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар