“Ole” shirinligidan dori tabletkasi chiqqani aks etgan video tarqaldi.
Xo`sh, 107 daraja issiqlikdagi tayyorlanadigan shirinlik orasiga hatto og`izga solganda 36 gradusda erib ketadigan dori qanday saqlanishi mumkin?
Bu holat tuhmatmi yoki raqobatchilar o`yini?..
***
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ole” shirinligida dori tabletkasi chiqqani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat bo`yicha Rost24.uz o`rganish olib bordi. Shuningdek, ushbu shirinlikning tayyorlanish jarayoni bilan boshdan oxirigacha tanishildi.
Tayyorlanish jarayonidagi har bir holat inson mehnatisiz faqat maxsus uskunalar tomonidan amalga oshiriladi. Oxirida esa qadoqlanish, ya`ni maxsus qutilarga solish jarayonida inson omili aralashadi.
Bundan tashqari, "Krember Almerro Group" kompaniyasi texnologi Mavluda Ro`zimboevaga ham ushbu shirinlikning tayyorlanish jarayonida inson tomonidan biror yot jism tushish ehtimoli bormi, deya savol berdik.
Mutaxasissning so`zlariga ko`ra,
— Bu mumkin emas. Chunki hamir tayyorlash, marshmello to`ldirish va yaltiroqlash yakuniy yarim tayyor holatga keltirish, hammasi avtomatlashtirilgan 3 ta bosqichda amalga oshiriladi. Tabletka esa og`izda 36 gradusda eriydi. Bizning marshmello esa 107 gradusda tayyorlanadi hamda 42-45 gradus sovutilganda biz uni turbo mashinasi va cho`kmalari bilan urib tushiramiz.
Shuningdek labaratoriyada bir necha bor tekshiriladi. Internetda tarqalgan videodagi holatga ishonib bo`lmaydi. U bor bo`lgan taqdirda ham bu haroratda erib ketishi kerak. Un, albatta, elakdan o`tkaziladi, pishirish kukunimiz hammasi suvda eritiladi. Bunaqa holat esa umuman bo`lishi mumkin emas, – deya javob berdi.
Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi matbuot kotibi Sherali Sattorov ham tarqalgan videodagi holat bo`yicha shirinlikning tayyorlanish jarayoniga guvoh bo`lib, bu holat bo`lishi mumkin emasligini, chunki hech qaerda inson omili aralashmaganini aytib o`tdi. Bunday vaziyatda murojaatchilardan asossiz videolar tarqatishdan oldin agar iste`molchilar huquqlari buzilgan holatda 1091 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkinligini aytib o`tdi.
“Tik tok” ijtimoiy tarmog`ida tarqalgan video "Krember Almerro Group" MChJ ning tijoriy obro`siga zarar etkazishi mumkinligini hisobga olgan holda, holat yuzasidan MChJ tomonidan ichki ishlarga ushbu videoni tarqatgan shaxsni topish hamda ma`muriy javobgarlik qo`llanishini so`rab murojaat qilingan.
O`zbekiston qonunchiligida agar ushbu holat tuhmat, deb aniqlansa, Mamuriy javobgarlik kodeksining 40 moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan oltmish baravarigacha jarimaga solishini yoki ushbu kodeks 202-moddasining 2 bandiga ko`ra, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro`sizlantirilishiga olib keladigan yolg`on axborotni tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.