Shundan 5,4 mlrd. so`mligi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligida shubha uyg`otdi.
Agentlik xabarida qayd etiliishicha, vazirlik va idoralar tomonidan 2023 yilning yanvar oyida jami 3,05 trln so`mlik 77 007 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan.
Bu xaridlarning eng ko`pi hech qanday auksion va tanlovlarsiz ya`ni yagona etkazib beruvchilar va to`g`ridan-to`g`ri amalga oshirilgan xaridlar xissasiga to`g`ri keladi. Hususan, 1,86 trln. so`mlik 27 367 ta xaridlar yagona etkazib beruvchilar bilan, 857,57 mlrd. so`mlik 27 013 ta xaridlar to`g`ridan-to`g`ri shaklda amalga oshirilgan.
Shuningdek, 169,8 mlrd so`mlik 20 969 ta xaridlar elektron do`kon, 8,41 mlrd so`mlik 725 ta xaridlar elektron auksion, 126,5 mlrd. so`mlik 932 ta xaridlar eng yaxshi taklifni tanlash, 26,38 mlrd. so`mlik 1 ta xarid tender orqali bo`lgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o`rganishlarida ayrim davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`yganini ham aniqlagan.
Jumladan, 2023 yilning yanvar oyida jami 5,4 mlrd. so`mlik qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish hamda kelgusida shu kabi holatlariga yo`l qo`ymaslik haqida buyurtmachilarga 12 ta taqdimnoma shuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishlik uchun to`plangan hujjatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiyailmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali buyurtmachiligida maxsus axborot portaliga joylashtirilgan 625 mln so`mlik “Ultratovush tibbiy apparati” xarid qilish bo`yicha eng yaxshi takliflarni tanlash yuzasidan berilgan e`lon o`rganilganida, mazkur davlat xaridida o`zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik sub`ektlari ishtirok etib, g`oliblikni qo`lga kiritgan.
Shu kabi, Yoshlar ishlari agentligi Nurobod tumani bo`limi buyurtmachiligida maxsus axborot portaliga joylashtirilgan 950 mln so`mlik “Zamonaviy avtobus” xarid qilish bo`yicha eng yaxshi takliflarni tanlash yuzasidan berilgan e`lon o`rganilganida mazkur davlat xaridida o`zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik sub`ektlari ishtirok etib, g`oliblikni qo`lga kiritgan.
Shuningdek, Mirzacho`l tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida maxsus axborot portaliga joylashtirilgan 150 mln so`mlik “Oziq-ovqat etkazib berish bo`yicha autsorsing xizmati ko`rsatish” yuzasidan berilgan e`lon o`rganilganida mazkur davlat xaridida o`zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik sub`ektlari ishtirok etib, g`oliblikni qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlarda xarid komissiyasi tomonidan o`zaro affillangan shaxslar xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatilmasdan O`zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonunining 23-moddasi va “Raqobat to`g`risida”gi qonunining 14-moddasi talablari buzilgan.
Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va so`rovnomalar natijasida 9 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 3 ta ma`muriy ish qo`zg`atilgan.