Toshkent hokimi qarori qonundan ustunmi? Amaldorlar vayronaga aylantirgan uylardan reportaj

25.02.2023 19:53

Sobiq hokim qaror chiqargan, yangisi esa befarq...

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi O. Xo`jaev mahallasi Nurafshon aylanma ko`chasidagi 1,70 gektarli er Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev tomonidan «Qurilish montaj kompressor» MChJ ga mavjud turar joy binolarini buzish va etkazilgan zararni qoplash sharti pastki qavati savdo markazi bo`lgan ko`p qavatli turar joy binolarini qurish uchun berilgan.

2019-2020 yillarda «Qurilish montaj kompressor» MChJ tomonidan sotib olingan 18-uyning 1, va 3-xonadonlari notarial idora tomonidan oldi-sotdi shartnomasida qolgan xonadonlarning roziligini olmasdan rasmiylashtirilgan. Ushbu 18-uyda 6 ta xonadon va umumiy 12,5 sotix er maydonidan iborat bo`lib, 6 nafar mulkdorning umumiy mulki hisoblanadi.

Hozirda ushbu joydagi uylarning 1,2 va 5 xonadonlari buzib, chala holatda tashlab ketilgan. Investor esa o`tgan 3 yil davomida aholidan xabar ham olmagan.

Investorlar bilan bog`lanish maqsadida ularning saytidagi telefon raqamga qo`ng`iroq qildik. Ammo biz bilan gaplashgan kishi o`zini tanishtirmasligi haqida qayta-qayta gapirib bu joy haqida ma`lumot berganimizdan so`ng «Men yangiman, to`liq ma`lumot bera olmayman» degan javobni berdi.

Shayxontohur tuman hokimligi bilan murojaatni dastlab o`rganish chog`ida bog`langanimizda bunday murojaat kelmaganligini aytgan edi. Ammo murojaatchilarning bizga taqdim etgan hujjatlari orasida tuman hokimligining murojaatga ijobiy javob qilganligi haqida hujjat ham bor.

Shuningdek, ushbu joylardagi qurilishlar aholining qayta-qayta murojaatlaridan so`ng Qurilish bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan noqonuniy deb topilib to`xtatilgan. Ammo 3 yildan buyon vayrona holatda turibdi. U erda yashovchi aholi esa shuncha vaqtdan buyon na uyini yaxshilashni, na shu holatda yashashni davom ettirishni biladi.

Batafsil videoda ko`ring:

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар