Rossiya – Ukraina urushiga 1 yil to`ldi — Siz qaysi davlatni haq deb o`ylaysiz?
3 kunda tugashi kerak bo`lgan urush 1 yilga cho`zildi.
2022 yilning 24 fevralida Rossiya harbiylari Ukraina hududiga bostirib kirishi bilan Rossiya Ukraina urushi boshlanib ketdi. Vaholangki, 3 kunda urushni yakunlashini ma`lum qilgan Rossiya 365 kundirki, harbiylarini Ukrainadan olib chiqib ketganicha yo`q.
O`tgan davr mobaynida Rossiya tan olgan Donesk, Lugansk Xalq Respublikalari tashkil topdi. Urush davrida Rossiya sanksiyalar ostida qoldi. Ko`plab davlatlar Ukrainaga yordam berib keldi. Bunda AQSh faollik ko`rsatdi. Putin Ukraina bosqiniga jiddiy kirishdi.
2022 yilning 21 centyabrida harbiy safarbarlik e`lon qildi. Bu qarorga qarshi namoyishga chiqqanlar jiddiy jazolandi. Dmitriy Medvedov bir yil ichida bir necha bora Rossiya yadro quroli ishlatishi mumkinligiga ishora qildi.
Zelenskiy ham mag`lub bo`lish niyatida emas. Birlashgan millatlar tashkilotida ham chiqish qilib Rossiyani to`xtatish kerakligini ta`kidladi. Joriy yilning 20 fevralida AQSh prezidenti Jo Baydenning Kievga kelishi Rossiya—Ukraina munosabatlarini yana-da keskinlashtirishi mumkin.
4 oy muqaddam Rost24 sayti "Rossiya — Ukraina urushida kimning tarafidasiz?", degan mazmunda yurtdoshlarimiz ishtirokida so`rovnoma o`tkazgan edi. Xo`sh, hamyurtlarimizning urushga munosabati shu davr ichida o`zgardimi? Shu savol bilan yana odamlarga yuzlandik.
— Rus bizga hech qachon yaxshilik qilmagan.
— Rossiyani qo`li «lyuboy» joyga etadi, deb o`ylayman.
— Endi biz Rossiyadan ajralib chiqqanmizda.
— Yurtimiz tinch bo`lganiga shukur qilaman, qolgan xalq bilan ishim yo`q.
— Kim haqligini bilmadimu, ammo Ukraina xalqi qiynalmoqda.
— Qars ikki qo`ldan chiqadi. Ikki davlat ham xalqini o`ylashi kerak.
Xo`sh, siz-chi? Siz qaysi davlatni haq deb o`ylaysiz?