Qurilish ishlarida talon tarojliklar aniqlangan Toshkent metrosi zilzilabardoshmi?

24.02.2023 09:46

Bir kunda 350 mingdan ortiq yo`lovchiga xizmat ko`rsatadigan Toshkent metrosi favqulodda vaziyatlarga xususan, zilzilaga qanchalik chidamli?

So`nggi vaqtlarda O`zbekistonda asosan er usti metrosi qurilmoqda. Bir necha bor uning to`xtab qolgani yoki turli nosozliklar sodir bo`lgani haqida xabarlar berildi. Bu nosozliklar turli sabablar bilan izohlandi. Keyingi vaqtlarda dunyoda zilzilalar sonining ko`proq va og`irroq oqibatlar bilan kuzatilgani sababli turli inshootlarning zilzilabardoshiligi shubha ostiga olinmoqda. Ayniqsa binolardagi yoriqlaru, qurilish jarayonida muammolar bo`lgan bo`lsa, ko`proq xavotirga tushamiz.

Fotoda 2022 yil avgust oyida «Buyuk Ipak yo`li» metro bekati suv sizib chiqqani aks etgan 

         Metro qurilishida zilzilaga bardoshliligi inobatga olinganmi? 

«Toshkent metropoliteni» DUK matbuot kotibi To`ychi Mirzaevning Rost24 saytiga bergan ma`lumotiga ko`ra Toshkent er osti va er usti metrosi 9 ballik zilzilaga bardoshli qilib qurilgan.
Ma`lumot uchun: 2021 yilda Toshkent metrosi kuzatilgan muammolar ortidan Transport prokuraturasi «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasining faoliyatini o`rganib chiqqan edi.

O`shanda Respublika transport prokurori Ma`rufjon Xo`jaev, metrodagi muammolarga ayrim mansabdorlarning vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani sabab bo`lganini aytgan va metropolitenda amalga oshirilgan qurilish ishlarida talon-torojliklarga yo`l qo`yilganini qayd etgan.

«Toshkent xalqa yo`li er osti metropolitenida olib borilgan qurilish ishlarida 899 mln so`m talon-toroj qilingani aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari natijasiga ko`ra aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi ta`minlanadi», — degandi transport prokurori.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар