Komil Allamjonov qaerda?

21.02.2023 13:03

U mediada nega ko`rinmay qoldi?

So`nggi vaqtlarda medianing eng qizg`in jarayonlaridan kunlik yoki kutilayotgan o`zgarishlarga oid ishoralar berish bilan ham mashhur bo`lib borayotgan Komil Allamjonov nima uchundir shu kunlarda OAV olamida ko`rinmay qoldi.

Balki, bu jimlik ham Allamjonovning yana biron bir o`zgarishga nisbatan ishorasidir.

Prezident Administrasiyasi rahbari o`rinbosari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga so`nggi marta 26 yanvar kuni ma`lumot joylagan. Shu kundan buyon u o`z sahifasiga bir bor xabar yoki «belgi» qo`ygan emas.

Ajablanarlisi, xuddi shu sana arafasida "Kompromat.uzb ishi» nomi bilan shov-shuvlarga sabab bo`layotgan voqea ham sodir bo`lgan edi.

Allamjonov so`nggi xabarida boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun sifatli darsliklar, sifatli ta`lim shu yil sentyabr oyidan boshlanishini aytgan. Kompromat.uzb ham Allamjonov kiritayotgan yangi darsliklarni yoqlab jadal ravishda amalda bo`lgan darsliklar va ularga aloqador shaxslarni turli isbotsiz tanqidlar ostiga olgan edi.

Komil Allamjonovning bu ilk bor g`oyib bo`lishi emas. U 2018 yil oktyabr oyida ham Prezident matbuot kotibi lavozimidan ozod etilgach, bir muddat mediada ko`rinish bermagan va ko`pchilikning yodida «cho`g`da qovurilayotgan bir six kabob» ishorasi bilan qolgan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
30
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар