Tanishtiruv: O`zbekistonning ta`lim tizimiga kimlar ma`sul?

18.02.2023 10:29

Rost24 vazirliklar bilan tanishtirishda davom etadi.

Sobiq Xalq ta`limi va Maktabgacha ta`lim vazirliklari tugatilib, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tuzilganidan xabardorsiz. Birlashuvdan so`ng mazkur vazirlikning rahbariyati tarkibida qanday o`zgarish bo`ldi? Avvalgi rahbarlardan kimlar o`z joyini saqlab qoldi? yangilar bormi? 

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri - Umarova Hilola O`ktamovna

Umarova Hilola O`ktamovna - 1988 yilda Olmoniyaning Vaymer shahrida tug`ilgan. Prezident ta`lim muassasalari agentligi direktori sifatida 2020-2022 yillarda faoliyat olib borgan. Direktorlikdan so`ng vazir lavozimiga tayinlangan.

***

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari - Shin Agrippina Vasilevna

Shin Agrippina Vasilevna — 1958 yil Sirdaryo viloyatida tug`ilgan. 2001 yildan boshlab, 16 yil mobaynida Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori bo`lib ishlagan. 2017-2022 yil O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vaziri sifatida faoliyat olib borgan.

***

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari - Sharifxodjaev Usman Ulfatovich

Sharifxodjaev Usman Ulfatovich 1986 yil 9 iyul kuni Toshkent shahrida tug`ilgan. Faoliyatini Toshkent moliya institutida boshlagan. 2018-2020- yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi yoshlar, fan, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`linmasi ta`lim shu`basi mudiri bo`ldi. Tayinlovga qadar Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

***

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri o`rinbosari – Komilov Temurjon Kalandarovich

Komilov Temurjon Kalandarovich 1983 yil 14 yanvar kuni Buxoro viloyati, Peshku tumanida tavallud topgan. 2005 yildan boshlab asosan Moliya vazirligi huzuridagi turli boshqarmalarda ishlab kelgan. Tayinlovga qadar Xalq ta`limi vazirining moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo`yicha o`rinbosari bo`lib ishlagan.

***

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri o`rinbosari - Kenjaev Dilshod Mutalibovich

Kenjaev Dilshod Mutalibovich - 1977 yilda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tug`ilgan. Bir necha yil davomida Xalq ta`limi vaziriga o`rinbosar sifatida ishlagan. 2021 yil fevraldan 2022 yil aprelgacha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Ma`muriy islohotlarga qadar Prezident ta`lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o`rinbosari edi.

***

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirining o`rinbosari - Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich

Tayinlovga qadar maktabgacha ta`lim vazirining o`rinbosari bo`lgan. Ungacha esa, Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirining ilm-fan bo`yicha o`rinbosari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар