2010 yilda ham mamlakatning Mozori Sharifda Navoiy yodgorligi buzib tashlangan.
TIV mas`uli uzoq sukutdan so`ng voqeaga munosabat bildirmoqda.
Bir necha kun avval «Tolibon» harakati Afg`onistonning Balx viloyatida joylashgan Alisher Navoiy yodgorligini buzib tashlagani haqida xabar berilgandi. Mazkur vanadlizm 9 fevralga yaqin, sharqning buyuk shoiri, o`zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoyining tug`ilgan kuni arafasida amalga oshirildi.
Ammo, bu Afg`onistonda Alisher Navoiyning yodgorligini tahqirlash bo`yicha birinchi holat emas, 2010 yilda ham mamlakatning Mozori Sharif shahrida Navro`z bayramiga yaqin Navoiy yodgorligi buzib tashlangan.
So`ngi kunlarda Balxdagi hodisa o`zbek jamoatchiligining keskin muhokamasiga sabab bo`lmoqda. Vanihoyat bir muddat sukutdan so`ng, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi o`zining tvitterdagi sahifasida holatga munosabat bildirdi.
TIV rasmiysining aytishicha, ushbu masala yuzasidan Afg`oniston hukumati vakillari bilan bog`lanilgan.
– Ushbu masala yuzasidan Afg`oniston hukumati vakillari bilan bog`landik. Ularning ta`kidlashicha, ushbu vandalizm holati qardosh O`zbekiston bilan ko`p asrlik do`stona munosabatlarni mustahkamlash tarafdori bo`lgan hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi, noma`lum shaxslarning o`zboshimchalik va o`ylamasdan qilgan harakati natijasi bo`lib, umumiy tarixiy va madaniy merosimizga zarar etkazadi, - deb yozgan TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov.
So`nggi vaqtlarda «Tolibon» Afg`onistonda pushtunlashtirish siyosatini olib bermoqda. Shimolidagi o`zbeklarni ham assimilyasiya qilishga keng harakatlar boshlangan. Masalan, o`zbek tili rasmiy til maqomidan olinishi va hakoza.