O`zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Evropa qismi ustida shakllangan sovuq antisiklon qismi kirib keladi
O`zgidromet 10 fevralgacha bo`lgan ob-havo ma`lumotini taqdim etdi.
Bugun va ertaga O`zbekiston hududi iliq havo massasi ta`siri ostida bo`ladi.
Respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 fevralda respublika janubida, 7 fevralda Farg`ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.
Havo harorati 6 fevralda 7-12 daraja iliq, 7 fevralda 10-15, ba`zi joylarda 18 daraja iliqqacha bo`ladi.
8 fevralda O`zbekiston hududiga O`rta er dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida, ba`zi joylarda 17-20 darajagacha iliydi.
9-10 fevralda O`zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Evropa qismi ustida shakllangan sovuq antisiklon qismi kirib keladi.
Respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanadi) bo`ladi. Tog`oldi va tog`li hududlarda kuchli yog`ingarchilik bo`lishi mumkin.
Havo harorati pasayadi. 9 fevralda respublika hududining katta qismida kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq, 10 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq atrofida bo`ladi.
Respublika shimolida harorat kechasi 7-12 daraja sovuqqacha, Ustyurtda -15, kunduzi 2-7 darajagacha soviydi.
7-9 fevralda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.