Xalq banki ta`lim muassasalarining samarali faoliyatida ko`maklashish barobarida, OTMda tahsil oladigan talabalar o`qishiga moliyaviy ko`mak berib kelmoqda. Jumladan, 2022 yilda tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta`lim kreditlarining 40 foizi Xalq banki tomonidan amalga oshirilgan. 52 mingga yaqin talabaning to`lov kontrakt puli to`lab berildi. Shundan 78 foizi xotin-qizlar hisobiga to`g`ri keladi.
Joriy yilning 1 fevral kuni Xalq banki tomonidan jurnalist va blogerlar uchun Toshkent viloyati Angren universitetining ochilish marosimiga bag`ishlangan press-tur tashkil etildi.
– Shuni alohida aytish joiz, ushbu universitet Xalq banki moliyaviy ko`magida tashkil etildi, – deydi Angren universiteti rektori Komiljon Sindorov. – Hozirda universitetimizda 2 ming 500 ta talaba tahsil olayotgan bo`lsa, ularning 70 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Talaba qizlarimizning 100 foiz to`lov kontrakt pulini Xalq banki to`lab berdi. Keyingi o`quv yiliga yo`nalishlar sonini ko`paytirish va magistratura bosqichini yo`lga qo`yishni rejalashtirganmiz. Universitetning asosiy maqsadi jamiyatimizga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir.
Ma`lumki, Angren shahri geografik joylashuvi bo`yicha Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlariga qulay joylashgani, Farg`ona vodiysi bilan chegaradoshligi, mo`tadil iqlim sharoitlariga ega ekani sababli talabalar tahsil olishlari uchun juda qulay.
Universitetda talabalar uchun barcha kerakli bo`lgan sharoitlar to`liq yaratilgan. Talabalar turar joyi, kutubxona, sportzal, axborot resurs markazi to`liq jihozlangan. Ta`lim sifatini nazorat qilish maqsadida har bir o`quv xonalari kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo`lib, har bir dars mas`ullar tomonidan nazorat qilinishi yo`lga qo`yilgan.
O`quv reja va dasturlar tayanch oliy ta`lim muassasalari bilan kelishilgan bo`lib, xorijiy tajriba asosida shakllantirilgan. Dars mashg`ulotlarini interaktiv tarzda tashkil etish maqsadida xonalar oxirgi rusumdagi elektron doskalar bilan jihozlangan.
Bugungi kunda universitetda 8 ta ta`lim yo`nalishi faoliyati yo`lga qo`yilgan. Jumladan, davolash ishi, maktabgacha ta`lim, boshlang`ich ta`lim, pedagogika va psixologiya, milliy g`oya ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi, moliya va moliyaviy texnologiyalar, iqtisodiyot (tarmoqlar va soha bo`yicha), xorijiy til va adabiyoti.
Press-turda qayd etilishicha, 4 yanvardan 15 yanvarga qadar onlayn hamda oflayn tarzda abiturientlardan jami 4 ming 200 ga yaqin hujjatlar qabul qilindi. Tanlov natijalariga ko`ra 2 ming 500 ga yaqin talabalar universitetga qabul qilindi. Ayni paytda professor-o`qituvchilar tarkibi yosh, iqtidorli xodimlar bilan to`la shakllantirildi. 70 ga yaqin ish o`rinlari yaratildi.
Reklama huquqi asosida