Turdimov yo`q tadbirga 100 mln. so`mlik gul buyurtma bergan rahbarga "hayfsan" berdi

01.02.2023 13:35

Samarqand viloyati hokimligi davlat xaridlari to`g`risidagi qonunni qo`pol ravishda buzgan rahbariyat xodimini hayfsan bilan jazoladi. 

«Forumlar majmuasi» kompleksidan foydalanish va xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig`i Xamroqul Ravshanov yo`q tadbir uchun 97 mln. so`mlik jonli gullar dekorasiyasini buyurtma bergan. Bu haqida rost24.uz ning so`rovidan so`ng shartnoma bekor qilingan.

Samarqand viloyati hokimligi tarkibidagi bo`lim rahbarining bu qilmishini hayfsan bilan jazolagan.
Ma`lum bo`lishicha, Xamroqul Ravshanov boshchiligidagi «Forumlar majmuasi» kompleksidan foydalanish va xizmat ko`rsatish boshqarmasi mustaqil shartnoma tuzish huquqiga ham ega emas. Shunga qaramay boshqarma tomonidan katta mablag` uchun tender o`tkazilib shartnoma tuzilgan. Bu o`rinda hokimlik o`tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlangan. Ya`ni bir kishiga tegishli ikki firma tenderda bellashgan. Forumlar majmuasida tadbir ko`zda tutilmagan bo`lsada qariyb 100 mln. so`mlik shartnoma nima uchun tuzilgani noma`lumligicha qolmoqda. Mazkur korrupsion alomatlar yuo`lgan ish esa Turdimov tomonidan mehnat kodeksining 181- moddasi birinchi qismi 1- bandiga asosan hayfsan, intizomiy jazo berish bilan cheklanilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
01.02.2023 20:06
❗️RASMIY MUNOSABAT Rost24.uz saytida “Samarqand viloyat hokimligining 97 million so‘mlik sirli shartnomasi” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-sonli qonunining 27-moddasida Byudjet buyurtmachilarining davlat xaridlari bo‘yicha to‘lovlari maxsus axborot portalida davlat xaridlarini rejalashtirish, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, shartnoma tuzish va ular to‘g‘risida axborot joylashtirish jarayonlari tugaganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilangan. Shunga ko‘ra, "Forumlar majmuasi" kompleksidan foydalanish va xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan joriy moliya yilining birinchi choragi uchun tuzilgan xarajatlar smetasida bir martalik gullar bilan bezash xarajatlariga mablag‘ nazarda tutilmaganligi hamda boshqarma va “Nastarin gullari group” MChJ o‘rtasida tuzilgan 2023-yil 12-yanvardagi 8-sonli shartnomasi viloyat G‘aznachilik boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hamda to‘lovlar amalga oshirilmaganligi ma’lum qilinadi. Viloyat Moliya bosh boshqarmasi axborot xizmati.