ROST24 TANLOVI: HUMAN.UZ masalasi haqida Abdurahmon Tashanov va Navbahor Imamova suhbati

30.01.2023 14:15

Human.uz nashri rahbari Hurshid Daliev haqida inson huquqlari “Ezgulik” tashkiloti raisi Abduraxmon Tashanov ma`lumot berdi. Uning so`zlariga ko`ra, Xurshid Daliev kompromatuzb telegram kanalidagi materiallar yuzasidan qo`lga olingan. 

Rost24 tanlovi davomida “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imamova  “Ezgulik” tashkiloti raisi Abdurahmon Tashanov bilan suhbat qildi.

“Hozircha hissiyotlarga berilish kerak emas. Tergov jarayonlari bormoqda va hozircha bizga hech narsa ma`lum emas. Hali suddan oldin ayrimlar uni (Xurshid Daliev tahririyat) qahramonga chiqarishdi, ayrimlar esa uni ta`magirga chiqarishdi. Hamkasblar juda kuchli kontrast bor. So`z erkinligi bu juda murakkab jarayon. Kamoliddin Rabbimov aytganidek so`z erkinligi parvarishlanishi kerak bo`lgan, ma`lum ma`noda tarbiyalanishi kerak bo`lgan jarayon. Bunaqangi paytda to`palonchilar, radikallar,  qo`pol qilib aytganda shallaqilarning ovozi baland chiqib ketadi.

Xurshid Daliev masalasi bo`yicha meni quyidagi ma`lumotni aytishim mumkin. Tahririyatning 7 vakili qo`lga olingan va kechasi ulardan 5 nafari qo`yib yuborilgan. Ulardan so`roqlar olingan. Biz advokat ham kiritganmiz va holatni e`lon qilamiz. Hozirgi holat menga yoqmayapti. Yuqorida aytganimdek hissiyotlarga berilish kerak emas. 

U erda so`z erkinligi taqdiri ketayapti. Hozircha mulohaza bildirishdan tiyilib turgan ma`qul. Muslim Mirzajonovga ko`ra, Human.uz sayti dushanbadan (30.01.2023) o`z faoliyatini davom ettiradi. Lekin, huquqni muhofaza qilish idoralarini kompromatuzb bo`yicha iddaolari va savollari bor. O`ylaymanki, mani do`stim, qadrdonim bu savollarga javob beradi.”

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар