O`zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari e`tirofi asosida ta`sis etilgan an`anaviy “Yil tanlovi — 2022” bo`lib o`tdi.
Joriy yildan boshlab, mazkur tanlov nominasiyalariga, qo`shimcha yo`nalishlar ham qo`shildi. Ya`ni, eng samarasiz ishlagan davlat tashkilotlari: vazirliklar, hokimlik va idoralar, matbuot xizmatlari ham aniqlandi.
“YIL TANLOVI — 2022”ning jamoatchilik va jurnalistlar talqiniga ko`ra, quyidagi tuzulmalar eng samarasiz ishlayotgan davlat tashkilotlari ro`yxatidan joy oldi:
***
“YILNING ENG SAMARASIZ IShLAGAN VAZIRLIGI”
— Sog`liqni saqlash vazirligi
— Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirligi
***
“2022 YILDA SAMARALI IShLAY OLMAGAN HUDUD”
— Surxondaryo viloyati
***
“ENG YoMON IShLAGAN, DEB TOPILGAN DAVLAT TAShKILOTI”
— Oila va xotin qizlarni davlat qo`mitasi
***
Jurnalist va blogerlar tomonidan eng ko`p tanqid qilingan shaxs
— Jahongir Ortiqxo`jaev
— Energetika vazirligi
— UzAutoMotors