Bugun «YIL TANLOVI – 2022»ning sarhisob kuni!

28.01.2023 07:27

Bugun Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, qo`mitalar, agentliklar, birlashmalar o`rtasida yilning eng namunalilari saralanadi. 

O`tgan 2022 yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizimda ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari o`rtasida an`anaviy “YIL TANLOVI” sarhisob marosimi bo`lib o`tadi.

Tanlov ijtimoiy so`rov hamda jurnalist va blogerlarning e`tirofi asosida “Eng namunali viloyat”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti”, “Eng namunali tuman”, “2022 yilning etakchi partiyasi”, “Eng faol deputat”, “Yilning media lideri”, “Yilning eng namunali matbuot kotibi” hamda yil davomida xalqning ishonchini qozongan tijorat banklari kabi nominasiyalar bo`yicha saralanadi. Shuningdek, “YIL ODAMI” e`lon qilinadi.

Mazkur tanlovga ayni paytda OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati keng yoritilayotgan, xalqning kundalik turmushida ko`p bora duch keladigan, jamoatchilik tomonidan e`tirof etilayotgan tizimlar saralab olingan.

Tanlov 3 bosqichda bo`lib o`tdi

I bosqich:

 “2022 yilning eng faol deputati”, “Eng namunali tuman” nominasiyalarida respublikamizning barcha tuman hokimlari va Oliy Majlis deputatlari faoliyati jamoatchilik ovoz berish yo`li bilan saralandi, har bir hududdan so`rovnomada eng ko`p ovoz to`plagan 3 ta tuman va xalq e`tirofiga sazovor bo`lgan har bir hududdan 2 nafar deputat keyingi bosqichga chiqdi. 

Bunda jamoatchilik so`rovnomasi asosida to`plagan ovozlar hamda har bir hududdan tanlab olingan jurnalist va blogerlarning “Eng yaxshi tuman”, “2022 yilning eng faol deputati” deb e`tirof etgan tanlovi muhim o`rin egalladi.

II bosqich:

Vazirlik, qo`mita, uyushma, agentlik, jamoat tashkilotlari va banklar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat hokimliklari qatnashdi. Shuningdek, birinchi bosqichga chiqqan tuman va faol deputatlar ishtirok etdi.

Har bir yo`nalish bo`yicha Rost24.uz'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eng ko`p ovoz to`plaganlar uchinchi bosqichga o`tdi.

III bosqich:

Asosiy bosqich bo`lib birinchi va ikkinchi bosqich g`oliblarining eng munosiblari kurashdi, ular jurnalist va blogerlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma asosida aniqlanadi.

Natijalar bugun — 2022 yilning eng namunali davlat va jamoat tashkilotlari, hokimliklari, shuningdek, qo`shimcha rag`batlantiruvchi nominasiyalar g`oliblari e`lon qilinadi. Barcha sovrindorlar maxsus sertifikat, tanlov ramziy statuetkasi va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар