O`zbekistonda tabiiy gaz qazib olish ko`paytiriladi

25.01.2023 21:38

Joriy yilda “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini 32,8 mlrd kub metrga etkazishni rejalashtirgan

“O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi uglevodorod konlarini samarali va maqsadli ishlatish, ulardan tabiiy gaz va suyuq uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarishni oshirish hamda mavjud quduqlarning bir maromda ishlatilishini ta`minlash bo`yicha ishlar boshlab yuborgan.

Ushbu tadbirlar doirasida  dunyoning etakchi neft servis kompaniyasi “Schlumberger” bilan birganlikda jahon tajribasi asosida 2023 yil uchun umumiy qiymati 5,7 trln so`mga teng bo`lgan 744 ta geologik-texnik chora-tadbirlarni o`z ichiga olgan “Makro invest dastur” ishlab chiqildi.

Unga asosan jami 111 ta yangi quduqni rg`ilash, 608 ta quduqda kapital ta`mir hamda intensifikasiya ishlari va 25 ta texnologik ob`ektni (siquv kompressor stansiyalari, gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari, kichik kompressor qurilmalari, gaz etkazib berish quvurlari) qurib ishga tushirish rejalashtirilgan.

Jumladan:

- Buxoro-Xiva va Farg`ona neftgazli mintaqalaridagi 4000 metrgacha bo`lgan chuqurliklarda joylashgan neogen, paleogen, bo`r va yura davri yotqiziqlaridan uglevodorod xomashyosini qazib olish uchun jami 83 ta yangi quduqlarni burg`ilash, 541 ta quduqlarda kapital ta`mirlash hamda intensifikasiya ishlari va 20 ta texnologik ob`ektlar; 

- Ustyurt neftgazli mintaqasidagi chuqur yura davri yotqiziqlarida joylashgan uglevodorod xomashyosini qazib olish uchun jami 28 ta yangi quduqlarni burg`ilash, 67 ta quduqlarda murakkab turdagi kapital ta`mirlash hamda intensifikasiya ishlari va 5 ta texnologik ob`ektlar qurib ishga tushiriladi.

Konlarda gaz qazib chiqarish barqarorligini ta`minlash hamda gaz zaxiralarini maksimal darajada o`zlashtirish maqsadida 10 ta siquv kompressor stansiyalarini qurib ishga tushirish ("Janubiy Tandircha"da konida katta kompressor va "Girsan", "Chulquvur", "Yangikazgan" konlarida kichik ustki kompressor stansiyalari hamda "Sho`rtan" konida 6 ta ob`ektda kichik ustki kompressor stansiyalari) rejalashtirilgan.

"Kukdumaloq" va "Zevarda" konlaridagi gaz siquv kompressor stansiyalarida modernizasiya ishlarini bajarish va SPChlarni almashtirish hamda siquv kompressor stansiyalarini barqaror ishlashini ta`minlash maqsadida ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish orqali 35 ta gaz turbinali dvigatellarni kapital ta`miralsh ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

"Sho`rtan", "Tegirmon" va "Arslon" konlarida gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarini qurib ishga tushirish, shuningdek konlarda gaz siqilishini oldini olish, o`tkazuvchanligini oshirish maqsadida 192 km har xil turdagi gaz quvurlari qurish rejalashtirilgan.

Yuqorida sanab o`tilgan tadbirlarni bajarish uchun, bugungi kunda dunyoning ilg`or kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy 30 ta burg`ilash va 37 ta kapital ta`mirlash stanoklari pudradchilar orqali jalb qilingan. Uglevodorod konlaridagi past bosimdagi qoldiq zahirani qazib olish olish maqsadida kichik kompressor stansiyalarni etkazib kelish va ularni o`rnatish bo`yicha ishlab chiqaruvchilar bilan jadal sur`atlarda muzokaralar olib borilmoqda.

Qazib chiqarish chora-tadbirlarni amalga oshirishda geologik-texnologik risklarni kamaytirish maqsadida 2023 yilda yangi ochiladigan barcha konlarning geologik modeli, 28 ta konning gidrodinamik modeli va 40 ta konning tarmoq modellari, 8 ta konning integral modellarini tuzish ishlari hamda 2020-2022 yillarda ishlab chiqilgan 19 ta konning geologik modeli, 65 ta konning gidrodinamik modeli va 40 ta tarmoq modellarini yangi burg`ilangan quduqlar ma`lumotlari asosida yangilash ishlari amalga oshiriladi.

Shuni ta`kidlash lozimki, so`nggi yillarda Ustyurt mintaqasining yuqori istiqbolga ega bo`lgan 4000-7000 metr chuqurliklarda joylashgan quyi yura davri yotqiziqlari 3D seysmik-qidiruv materiallari yangi eXchroma texnologiyalarini tatbiq etgan holda qayta atribut tahlil qilinmoqda. Shu orqali "Sudochiy" botiqligining chuqur geologik tuzilishi, burg`ilashdan olingan barcha geologik-geofizik va boshqa ma`lumotlarni o`rganish hamda hududning regional modeli asosida aniqlangan yangi mahsuldor qatlamlarni neftgazga istiqbolligi hamda uglevodorod resurslarini baholash ishlari “Schlumberger” xalqaro servis kompaniyasi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

 

Hozirgi kunda Dastur doirasida “O`zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi barcha konlar, shu jumladan tajriba sanoat usulida ishlatilayotgan konlarning holati “Schlumberger” kompaniyasi bilan tahlil qilib borish orqali, samarasidan kelib chiqib, tavsiyalariga asosan o`zgartirish kiritib borilmoqda.

Shu bilan birga bugungi kundagi eng dolbzor masalalardan biri hisoblangan energiya samaradorligini oshirish yo`nalishida ham ishlar tashkil etilgan bo`lib, “O`zbekneftgaz” tasarrufidagi boshqarma va korxonalar kesimida 2023 yil uchun energiya resurslarni tejash maqsadida energiya tejovchi moslamalarni o`rnatish (18 ta), elektr qurilmalari ish rejimlarini optimallashtirish (7 ta) va qayta tiklanuvchi elektr manbalarini o`rnatish (31 ta) bilan bog`liq jami 56 ta tashkiliy texnik tadbirlar ishlab chiqilgan.

Jumladan, muqobil energiya manbalarini joriy qilish bo`yicha turli quvvatlardagi jami quvvati 801 kVt bo`lgan 25 ta komplekt quyosh fotoelektr stansiyalari, turli sig`imdagi jami sig`imi 3800 litr bo`lgan 20 komplekt quyosh suv qizdirgichlari va 10,5 kVt bo`lgan 70 komplekt quyosh panelli ko`cha yoritish chiroqlari o`rnatiladi.

Ushbu chora-tadbirlarni bajarish uchun “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan barcha imkoniyatlardan keng foydalanilgan holda moliyaviy mablag`lar bilan ta`minlash uchun barcha choralar ko`riladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар