Ma`muriy islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo`lga qo`yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni imzolandi (25.01.2023 yildagi PF-14). Farmonga muvofiq:
1. Vazirlik va idoralarda byudjet va nobyudjet mablag`laridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan
24 foiz). Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari o`rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.
Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar bo`shamoqda.
Mazkur chora-tadbirlar natijasida:
a) shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trillion so`m;
b) avtotransport vositalari sonini qisqartirish hisobiga (shu jumladan, yoqilg`i-moylash, shinalarni almashtirish xarajatlari) 70 milliard so`m byudjet mablag`lari iqtisod qilinmoqda.
Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etibbelgilanmoqda.
Vazirlik va idoralarning nobyudjet mablag`laridan qo`shimcha boshqaruv shtatlarni kiritish QAT`IY taqiqlanmoqda.
2. Har bir vazirlik va idora o`z faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirish maqsadida 16 ta yo`nalish bo`yicha aniq takliflarni o`z ichiga olgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati loyihasini kiritadi. Unda, shu jumladan quyidagi masalalar bo`yicha manzilli chora-tadbirlar belgilanadi:
a) sohalarda hal qilinishi lozim bo`lgan masalalarga echim topishga yo`naltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish;
b) byudjet mablag`laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish;
v) tegishli sohalarda davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, 2023 yildan boshlab vazirlik
va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga o`tkazish;
g) tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat ko`rsatish, davlat tomonidan subsidiya taqdim etish, imtiyoz berish
va boshqacha tartibda qo`llab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
d) vazirlik va idoralarda hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini o`rganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qo`yish” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish;
e) sohaga AKTni keng joriy etish, shu jumladan vazirlik
va idoralarning ish jarayonini raqamlashtirish;
j) energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish.
3. Vazirlik va idoralarning yagona ro`yxati tasdiqlanmoqda.
Hukumatga bo`ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barcha qo`mitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:
a) vazirliklar – 21 ta;
b) qo`mitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
v) agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
g) inspeksiyalar – 11 ta.
Shuningdek, vazirlik va idoralarning o`zbek va rus tillaridagi qisqartma nomlari tasdiqlanib, ularni yig`ilish
va videoselektor bayonlari, xizmat yozishmalari, tahliliy materiallarda ko`rsatish mumkin bo`ladi.
4. Vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari va hududiy bo`linmalarining tuzilmalarini shakllantirish bo`yicha yagona talablar tasdiqlanmoqda. Endilikda:
4.1) vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida:
a) tarkibiy bo`linmalar faqat 4 ta shakldan iborat bo`ladi (departament 20+; boshqarma7-19; bo`lim 2-6; mutaxassislar1). Bunda, vazirliklar huzuridagi qo`mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda departament shaklida tarkibiy tuzilma tashkil qilinmaydi.
Amalda: 10 tadan ziyod shakllari mavjud (departament, bosh boshqarma, boshqarma, bo`lim, sho``ba, xizmat, byuro, guruh va boshqalar);
b) rahbar xodimlar (rahbar, uning o`rinbosarlari
va maslahatchilari, yordamchisi, departament, boshqarma, bo`lim boshliqlari va o`rinbosarlari) va ijrochilar (mutaxassislar) nisbati markaziy apparat bo`yicha kamida 1/3nisbatda (33/67 foiz) bo`ladi.
Amalda: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatida rahbar va ijrochi xodimlar nisbati 44/56 foizni
yoki Energetika vazirligida 41/59 foizni tashkil qilmoqda;
v) vazirlarga ularning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo`naltirish, kunlik ishlar bo`yicha ish yuklamasini kamaytirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil jihatdan ta`minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilishga huquq berilmoqda;
g) strategik rejalashtirish, axborot xizmati, kadrlar, axborot tahlil, ijro nazorati, murojaatlar, AKT, yuridik ta`minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, moliya-iqtisod, xalqaro aloqalar, birinchi bo`lim tarkibiy bo`linmalari tashkil etilishi majburiy etib belgilanmoqda.
Bunda, strategik rejalashtirish, axborot xizmati, korrupsiyaga qarshi kurashish va xalqaro aloqalar bo`linmalari faqatgina vazirlik va mustaqil maqomga ega bo`lgan idorada tashkil qilinib, ushbu yo`nalishlarda ular YaGONA SIYoSATNI amalga oshiradi;
4.2) vazirlik va idoralarning hududiy bo`linmalarida:
a) tarkibiy bo`linmalar faqat 3 ta shakldan iborat bo`ladi (bo`lim 5+; sho``ba 2-4; mutaxassislar1);
b) rahbar xodimlar (boshqarma, bo`lim hamda sho``ba boshliqlari va o`rinbosarlari) va ijrochilar nisbati bo`linma bo`yicha kamida
1/3 nisbatda (33/67 foiz) bo`ladi.
Amalda: Madaniyat vazirligining tuman (shahar) bo`linmalarida rahbar va ijrochi xodimlar nisbati 63/37foizni tashkil qilmoqda.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan:
a) yuridik maqomga ega bo`lgan jamg`armalar ijro etuvchi organlarining (direksiyalar, qo`mitalar, departamentlar) faoliyatini tugatish, ularning funksiyalarini tegishli vazirlik
va idoralarga o`tkazish;
b) vazirlik va idoralarda xizmat avtotransportidan foydalanish tizimini autsorsing asosida tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritiladi.