YaNGI QAROR: Jurnalistlar ichki ishlar organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o`rnatadi

24.01.2023 07:23

Prezident tomonidan 20.01.2023 yildagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo`naltirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” PQ-10-con Qaror imzolandi.

Hujjat bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanmoqda. Kodeks ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida  tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga qaratilgan.

Qarorga ko`ra, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini yaratish maqsadida Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo`linmalarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblangan, soha olimlari, faxriylari va jurnalistlardan iborat jamoatchilik kengashlari tuziladi.

Quyidagilar jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, soha bo`yicha ijtimoiy fikrni o`rganish va tizimli monitoring olib borish;
     
  • ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ijtimoiy fikr va jamiyat manfaatlari hisobga olinishini ta`minlash choralarini ko`rish;
     
  • ichki ishlar organlari faoliyatidagi korrupsiya holatlari bo`yicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan xabarlarni batafsil o`rganish va uning natijasini keng jamoatchilikka etkazish.
@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
31
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар