Matonatli odamlarni ko`rganmisiz?

23.01.2023 19:51

Xalq o`z qahramonlarini bilishi kerak.

Qishda anomal sovuqda kimlar ishladi — obodonlashtirish xodimi, elektrik, chilangar…

Kasaba uyushmalari federasiyasi jurnalistlar hamkorligida anomal sovuq qishda o`z ishini fidoyilik bilan davom ettirgan 50 nafar xizmatchiga sihatgohlarga dam olishga yo`llanma tarqatdi  

Bu yilgi qish avvalgilariga qaraganda anchap sovuqroq bo`ldi. Shunday sovuq sharoitlarda ham o`z ishini davom ettirgan ba`zi insonlar bor. Ular obodonlashtirish xodimi, elektrik, chilangar. O`zbekiston Kasaba uyushmalari hamda jurnalistlar hamkorligida ana shunday sovuq ob-havo sharoitida ham o`z ishini sidqidildan bajargan insonlarga dam olish uchun bepul yo`llanmalar topshirildi.

Dastlab, Olmazor tuman suv tarmoqlari bo`limi avariya tiklash ishlari chilangari G`ofurjon Begalievga Turon sanaratoriyasiga 10 kunlik bepul yo`llanma topshirildi. U 30 yildan buyon ushbu sohada ishlab keladi. 15 yanvar kuni Olmazor tumanida 1200 mm ichimlik suv tarmog`i yorilgan. Tarmoqni sozlashda asosiy butlash ishlarini amalga oshirgan.

Navbatdagi ana shunday insonlardan biri Shayhontoxur tumani Obodonlashtirish xodimi Inoyatova Shoiraxon opa, u 62 yoshda ushbu sohada 12 yildan buyon ishlaydi. Ularga Chinobod sanatoriyasidan 10 kunlik yo`llanma topshirildi.

Yosh ammo o`z kasbining ustasi bo`lgan Ziyodulla Zokirov. U Yunusobod tuman suv tarmoqlari bo`limi avariya tiklash xizmati chilangari. Ziyodulla 23 yoshda, ushbu sohada 2 yildan buyon ishlaydi. Unga Chinobod sanatoriyasiga 10 kunlik bepul yo`llanma topshirildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар