Husan Karvonli: Vazirliklar ishlamagani uchun qisqardi, "Yil odami" ga munosib Nodirbek Abdusattorov

23.01.2023 09:15

"Ma'rifat" gazetasi bosh muharriri Husan Karvonli Rost24.uz o`tkazayotgan “Yil tanlovi” bo`yicha o`z nominantlarini aytib o`tdi.

2022 yilning "Eng namunali" vazirligi?

— Tashqi ishlar vazirligi. Sababi sobiq vazir Abdulaziz Komilov. O`zbekiston Ukrainaning yaxlitligini tan oladi. LNR va DNR respublikalarini, ya`ni o`zlarini respublika deb e`lon qilganligini tan olmaydi. Ushbu fikrdan keyin "Eng yaxshi vazirlik" nominasiyaga munosib ko`raman.

2022 yilda yaxshi ishlay olmagan vazirlik?

— Hammasini aytishimiz mumkin. Yaxshi ishlay olmagani uchun mana ko`pchilik qisqarib, qo`shilib ketdi. Lekin ayni vaqtdagi sharoitning o`zi ham ko`rsatib turibdi. Energetika vazirligi 2022 yilda yaxshi ishlay olmadi.

2022-yilning "Eng namunali hududi" qaysi? 

— Ko`pchilik Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovni aytadi. Men ham shu fikrga qo`shilaman. Erkinjon Turdimovning boshqalardan ustun tarafi menimcha odamlar bilan ishlay olishi, ularni ko`ngliga yo`l topa bilishida deb o`ylayman.

2022 yilning "Media lideri" kim? 

— Bu savolni 10 yil oldin so`raganingizda ham Karim Bahriev deb javob bergan bo`lardim. Hozir ham shu fikrdaman. Unda jurnalistga xos, haq so`zni aytish prinsipida barqaror turib kelayotgan ijodkor sifatida bilaman.

2022 yilning "Yil odami" nominasiyasiga munosib nomzod?

— O`tgan yili ham shu savolga Nodirbek Abdusattorov degan edim. Bu yil haqiqatdan isbotladi. Nodirbek Abdusattorovni so`zsiz “Yil odami”ga munosib degan bo`lar edim.

2022 yilning "Eng namunali matbuot kotibi" kim?

— Biz ko`proq ta`lim tashkilotlari bilan ishlaymiz. Shulardan kelib chiqib Prezident ta`lim muassasalari agentligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovani aytgan bo`lardim.

2022 yilning "Eng faol deputati" kim?

— Rasul Kusherboev, Doniyor G`anievni ham aytish mumkin, lekin Kusherboev G`anievdan ko`ra tajribaliroq.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар