Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Koka-kola kompaniyasi davlat ulushining sotuvi yuzasidan munosabat bildirdi

18.01.2021 16:19

Rost24.uz saytida O`zbekistonda 1-raqamli, jahonning 4 ta sifat sertifikatini qo`lga kiritgan «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd»ning 57,118 foizlik davlat ulushi sotuvga qo`yilgani haqida maqola berilgan edi. 

Maqolada davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur kompaniyaning davlat ulushlarini o`ta arzon narxga baholagani va xaridorlarga qat`iy cheklovlar qo`ygani tanqid ostiga olingan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJning 57,118 foizlik davlat ulushi sotilishi jarayonining shaffof va qonuniy o`tkazilishini hamda korrupsion holatlarga yo`l qo`yilmasligini nazoratga olishni so`rab xat yuborilgan. Bu haqda agentlikning matbuot xizmati xabar berdi. 

Agentlikning qo`shimcha qilishicha, jarayon xat yuborish bilan to`xtab qolmaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vaziyatni o`rganib, qo`shimcha ma`lumotlar bilan tanishtirib boradi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар