Qaysi viloyatlarda, qaysi ko`chalarida harakat tezligi kamaytirildi? To`liq ro`yxat e`lon qilinmoqda

19.01.2023 16:21

Toshkent shahrida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

Kichik halqa yo`li ichida joylashgan ko`chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahridagi quyidagi ko`chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi:

  • O`zbekiston shoh ko`chasi (4R176 yo`lining 0-4,5 km. oralig`i)
  • E.Alako`z ko`chasi (4R176 yo`lining 4,5-11,1 km. oralig`i)
  • Xo`ja ovul kichik aylanma yo`li ko`chasi (4R176 yo`lining 11,1-14 km. oralig`i)
  • A.Dosnazarov ko`chasi (4R176 “a” yo`lining 0-10-km. oralig`i)
  • Qoraqalpog`iston ko`chasi (4R174 yo`lining 0-2,5 km. oralig`i)
  • I.Karimov ko`chasi, M.Jumanazarov ko`chasi (4R191 yo`lining 16,3-14,3 km. oralig`i)
  • Xo`jayli guzari ko`chasi (4R174 yo`lining 2,5-5 km. oralig`i)
  • Nukus kichik aylanma yo`li ko`chasi (4R191 yo`lining 1,6-10 km. oralig`i)
  • Taxiatosh guzari ko`chasi (A-380 yo`lining 765,2-773 km. oralig`i).

Toshkent viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

  • Olmaliq shahridagi Mustaqillik ko`chasi, Totuvli ko`chasi, Metallurg ko`chasi (Xitoy devori), Mirzo Ulug`bek ko`chasi, Ehtirom ko`chasi, A.Temur ko`chasi, Ipak yo`li ko`chasi;
  • Angren shahridagi Mustaqillik va Obod turmush ko`chalari;
  • Yangiyo`l shahridagi M-34 “Toshkent-Dushanbe” 25-30 km Samarqand ko`chasi;
  • Bekobod shahridagi G`.G`ulom ko`chasi, Me`mor ko`chasi, Turon ko`chasi, 4R20 “Qorasuv q.-Bo`ka sh.-Bekobod sh.” 101 km;
  • Chirchiq shahridagi G`alabaning 50 yilligi ko`chasi, A.Temur ko`chasi, Zakovat ko`chasi, G`.Xo`jaev ko`chasi, A.Qodiriy ko`chasi, Tiklanish ko`chasi;
  • Bo`ka tumanidagi 4R20 “Qorasuv q.-Bo`ka sh.-Bekobod sh.” 33-37 km oralig`i;
  • Nurafshon shahridagi 4R22 “To`ytepa sh.-Oqqo`rg`on sh.-Yangiyo`l sh.” 0-5 km, 4R2 “Toshkent-To`ytepa sh.” 28-35 km, 4R14 “G`azalkent sh.-Chirchiq sh.-Yangibozor q.-Jumabozor q.-O`rtasaroy q.-To`ytepa sh.” 70-72 km, 4R19 “To`ytepa sh.(4R2 avtoyo`li 35 km)-Piskent sh.-A373 avtoyo`li” avtomobil yo`lining 0-5 km. oralig`i;
  • Bekobod tumanidagi 4R20 “Qorasuv q.-Bo`ka sh.-Bekobod sh.” 84-85 km, 4K 786 “Bekobod sh.-O`zbekiston f.x.-Mallaboy q.-Zafar sh.” 21-25 km. oralig`i;
  • Ohangaron tumanidagi Nurobod qo`rg`oni ko`chasi;
  • Bo`stonliq tumanidagi 4N742 avtomobil yo`lining Abdukarimov ko`chasi;
  • Piskent tumanidagi 4R19 “To`ytepa sh.(4R2 avtomobil yo`li 35 km)-Piskent sh.-A373 avtomobil yo`li”;
  • O`rta Chirchiq tumanidagi 4R2 “Toshkent sh.-To`ytepa sh.-A373” avtomobil yo`li 26-28 km.;
  • Yuqori Chirchiq tumanidagi 4R15 “A373 avtomobil yo`li (42 km) Qiziltog` sh.-Parkent sh.-Yangibozor q.” avtomobil yo`lining 68-69 km., 4R14 “G`azalkent sh.-Chirchiq sh.-Yangibozor q.-Jumabozor q.-O`rtasaroy qishlog`i-To`ytepa shahri” avtomobil yo`lining 22-60 km., 4R16 “Bektemir-Chirchiq” avtoyo`li-Bordonko`l q.-Jumabozor q.-Qiziltog` sh.” avtomobil yo`lining 0-23 km, 4K719 “Yangibozor q.-Qirg`izovul q.-Achchiqsoy q.-Parkent sh.” avtomobil yo`lining 0-6 km., 4K723 “Yangibozor shaharchasi-Arganchi q. -Mamut q.” avtomobil yo`lining 0-22 km.;
  • Chinoz tumanidagi M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo`lining 63-64 km;
  • Parkent tumanidagi 4R15 “A373 avtomobil yo`li (42 km) Qiziltog` sh.-Parkent sh.-Yangibozor q.” avtomobil yo`lining 52-57 km;
  • Toshkent tumanidagi 4R4 “Toshkent sh.-Keles sh.-Qozoqkentsoy q.-M39 avtomobil yo`li (820 km)” 3-4 km., 4R3 “Toshkent sh.-Mineral suvlar sihatgohi-Abay q. (O`zbekiston Respublikasi xududi)” avtomobil yo`lining 8-15 kilometrlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

  • O`zbekiston shoh ko`chasi;
  • I.Karimov, Xondamir, Sayxun va Birlashgan ko`chalari.

Jizzax viloyatining Jizzax shahrida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

  • Mustaqillik ko`chasi;
  • Sh.Rashidov ko`chasi;
  • I.Karimov ko`chasi;
  • A.Navoiy ko`chasi.

Samarqand viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

  • Samarqand shahri M37A “Samarqand halqa yo`lining” 40-43 km oralig`i, Afrosiyob, Dahbed va Gagarin ko`chalari;
  • Qattaqo`rg`on shahridagi A.Temur, Samarqand, U.Barnoev ko`chalari;
  • Urgut tumanidagi 4P47 “Bulung`ur-Urgut-M39” avtomobil yo`lining 57-64 km oralig`i, 4P50 “Tayloq-Urgut” avtomobil yo`lining 22-24 km oralig`i, 4K522 “Urgut-Pochvon-Ustaxona” avtomobil yo`lining 0-2 km oralig`i;
  • Bulung`ur tumani 4P47 “Bulung`ur-Urgut-M39” avtomobil yo`lining 0-5 km oralig`i;
  • Toyloq tumani A-377 “Samarqand-Ayniy” avtomobil yo`lining 2-9 km oralig`ida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Farg`ona viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

  • Farg`ona shahridagi I.Karimov halqa yo`li avtomobil yo`lining (1.8 km. qismi, Mustaqillik-Aeroport ko`chalari (TATU) chorrahasidan, A.Navoiy-Aeroport ko`chlari chorrahasi (777) orqali, Oybek-I.Karimov kichik halqa yo`li chorrahasi (Vika)gacha), Al-Farg`oniy ko`chasi (1 km. qismi ya`ni Al.Farg`oniy-Shukrona ko`chalari (QQBank) chorrahasidan, Al.Farg`oniy-Sayilgox ko`chalari chorrahasigacha), B.Marg`iloniy ko`chasi (1.5 km qismi ya`ni B.Marg`iloniy-Universitet ko`chalari (Aloqa bank) chorrahasidan, B.Marg`iloniy-A.Navoiy ko`chalari (Aziya mexmonxona) chorrahasigacha), S.Temur ko`chasi (1.5 km qismi ya`ni S.Temur-Mustaqillik ko`chalari (Muxayyo) chorrahasidan S.Temur-Oybek ko`chalari (Rishton choyxona) chorrahasigacha), Quvasoy ko`chasi (1.7 km qismi ya`ni Quvasoy-Istiqlol-Yuksalish ko`chalari (5-maktab) chorrahasidan, Quvasoy-Tumaris ko`chalari chorrahasigacha);
  • Marg`ilon shahridagi Hiyobon ko`chasi (1.9 km qismi ya`ni Xiyobon-Yangi Marg`ilon ko`chalari chorrahasidan Xiyobon-Mustaqillik ko`chalari (Stansiya) chorrahasigacha), Mustaqillik ko`chasi (1.9 km qismi ya`ni Mustaqillik-A.Yassaviy ko`chalari chorrahasidan, Mustaqillik-A.Navoiy ko`chalari (O`ram) chorrahasigacha), A.Yassaviy ko`chasi (3 km qismi ya`ni Mustaqillik-Axmad Yassaviy ko`chalari chorrahasidan, Axmad Yassaviy-Usmon Nosir ko`chalari (LADA magazin) chorrahasigacha), B.Marg`iloniy ko`chasi (2 km qismi ya`ni B.Marg`iloniy ko`chasi Akvapark chorrahasidan, Turkiston-B.Marg`iloniy ko`chalari (Oqmasjid) chorrahasigacha), Turkiston ko`chasi (2 km qismi ya`ni Turkiston-Yovqasar ko`chalari (8-maktab) chorrahasidan, Turkiston-B.Marg`iloniy ko`chalari (Oqmasjid) chorrahasigacha);
  • Qo`qon shahridagi Sarboz ko`chasi (1.6 km qismi ya`ni Sarboz-Guzar ko`chalari (shahar Gaz) chorrahasidan, Saboz-Po`stindo`z ko`chalari (Altayir kafe) chorrahasigacha), A.Temur ko`chasi (1.1 km qismi ya`ni Amir Temur -Sharof Rashidov ko`chalari (shahar DXX) chorrahasidan, Amir Temur-Guzar ko`chalari (shahar GAZ) chorrahasigacha), Turkiston ko`chasi (1.5 km qismi ya`ni Shoxruxobod -Turkiston ko`chalari (ChPK) chorrahasidan, Guzar-Turkiston ko`chalari (6-maktab) chorrahasigacha), Turon ko`chasi (1.6 km qismi ya`ni Turon -Guzar ko`chalari (G`ishtli masjid) chorrahasidan, Turon-Isiqlol ko`chalari (shahar hokimiyati) chorrahasigacha)da transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Namangan viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

Namangan shahar hududida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Andijon viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

  • Andijon shahridagi O`zbekiston, Boburshoh, Toshkent, Usmon Yusupov, A.Fitrat, Dukchi Eshon, Universitet, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Yu.Otabekov, Nayman, Cho`lponshoh va Soy ko`chalari;
  • Andijon tumanidagi Poloson mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-130 “Andijon xalqa yo`li” avtomobil yo`lining 8-10-km oralig`i), Chem mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 “Farg`ona xalqa yo`li” avtomobil yo`lining 154-156 km oralig`i), Mart mahallasi (mahalliy ahamiyatdagi 4N-1084 avtomobil yo`lining 1-2 km oralig`i), Sanoat mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 “Namangan-Uychi-Uchqo`rg`on-Andijon shahar” avtomobil yo`lining 81-83 km oralig`i), Sho`ro mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 “Namangan-Uychi-Uchqo`rg`on-Andijon shahar” 13-15 km oralig`i);
  • Asaka tumanidagi Imom Buxoriy ko`chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 “Farg`ona xalqa” avtomobil yo`lining 161-165 km oralig`i), Umid ko`chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-138 “Shaxrixon sh.-Asaka sh.-Marxamat sh.-Qizilqiya q.” avtomobil yo`lining 20-24 km oralig`i);
  • Baliqchi tuman markazi (davlat ahamiyatidagi 4R112 Farg`ona xalqa yo`li “avtomobil yo`lining - 101-106 km” oralig`i), Chinobod shaharchasi (davlat ahamiyatidagi 4R112 Farg`ona xalqa yo`li “avtomobil yo`lining - 113-118 km oralig`i”);
  • Buloqboshi tumanidagi M.Ismoiliy ko`chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-251 “Toshkent-O`sh a/yo`li-Buloqboshi q.” avtomobil yo`lining 8-10 km oralig`i), tuman xududi orqali o`tgan 4R 137 avtomobil yo`li (davlat ahamiyatidagi 4R-137 “Xo`jaobod q.-Buloqboshi q.-Kulla q.-O`qchi q.” avtomobil yo`lining 4-7 km oralig`i);
  • Bo`ston tuman xududidan o`tgan halqaro ahamiyatdagi A373 avtomobil yo`lining 393-396 km oralig`i, davlat ahamiyatidagi 4R128 Bo`z sh.-O`rmonbek q.-Baliqchi q. avtomobil yo`lining 0-4 km oralig`i;
  • Xo`jaobod tuman xududi orqali o`tgan A-373 avtomobil yo`li (xalqaro ahamiyatdagi A-373 “M39 avtoyo`li-Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon va Andijon orqali-O`sh” avtomobil yo`lining 441-443 kmlari oralig`i) (Xayvonot bog`i), tuman hududi orqali o`tgan A-373 avtomobil yo`li (A-373 “M39 avtoyo`li-Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon va Andijon orqali-O`sh” avtomobil yo`lining 453-455 kmlari oralig`i) (Markaz);
  • Izboskan tumanidagi To`rtko`l mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 “Namangan sh.-Uychi sh.-Uchqo`rg`on sh.-Xaqqulobod sh.-Poytug` sh.-Andijon sh.” avtomobil yo`lining - 67-68 km oralig`i), Oqoltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 “Namangan sh.-Uychi sh.-Uchqo`rg`on sh.-Xaqqulobod sh.-Poytug` sh.-Andijon sh.” avtomobil yo`lining - 76-78 km oralig`i);
  • Jalaquduq tumanidagi 4R-249 avtomobil yo`li (davlat ahamiyatidagi 4R-249 “Quruqqayrag`och q.-Janubiy Olamushuk sh.-Oxunboboev sh.” avtomobil yo`lining 20-22 kmlari oralig`i), tuman hududidan o`tgan 4K 72 avtomobil yo`li (mahalliy ahamiyatdagi 4K-72 “Ko`tarma q.-Oxunboboev sh.-Qo`rg`ontepa sh.-Chimyon q.-Panjiqo`rg`on q.” avtomobil yo`lining 9-11 kmlari oralig`i), tuman hududidan o`tgan 4R 248 avtomobil yo`li (davlat ahamiyatidagi 4R-248 “Andijon sh.-Janubiy Olamushuk sh.-Oyim q.-M-41 avtoyo`li” avtomobil yo`lining 22-23 km oralig`i);
  • Marhamat tumani davlat ahamiyatidagi 4R-138 “Shaxrixon sh.-Asaka sh.-Marxamat sh.-Qizilqiya q.” avtomobil yo`lining 31-35 km oralig`i (tuman markazi), tuman hududidan o`tgan davlat ahamiyatidagi 4R-140 avtomobil yo`li “Marg`ilon sh.-Quva sh.-Marhamat sh.-Aravon q. avtomobil yo`lining 51-53 km oralig`i (tuman markazi), tuman hududidan o`tgan davlat ahamiyatidagi 4R-137 avtomobil yo`li Xo`jaobod q.-Buloqboshi q.-Kulla q.-O`qchi q. avtomobil yo`lining 24-25 km oralig`i (O`qchi qishlog`i);
  • Oltinko`l tumani davlat ahamiyatidagi 4R-112 “Farg`ona xalqa yo`li” avtomobil yo`lining 133-135 km oralig`i (tuman markazi), tuman hududidan o`tgan 4R-112 “Farg`ona xalqa yo`li” avtomobil yo`lining 122-123 km oralig`i (Qo`shtepa markazi);
  • Paxtaobod tumani To`pobjuvoz mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R132 “Paytug` sh.-Qizil ko`prik q.-Paxtaobod sh.-Bozorqo`rg`on q.” avtomobil yo`lining - 20-24 km oralig`i), Madaniyat mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-133 “Paxtaobod sh.-Madaniyat q.” avtomobil yo`lining - 20-24 km oralig`i), Uchqo`rg`on mahalasi (4R-133 Paxtaobod shahriga kirish avtomobil yo`lining - 5-20 km oralig`i);
  • Qo`rg`ontepa tumani davlat ahamiyatidagi 4R-136 “Ko`tarma q.- “Qorasuv-Xonobod” avtoyo`li-Topolino q.” avtomobil yo`lining 19-21 kmlari oralig`i (tuman markazi), tuman hududidan o`tgan davlat ahamiyatidagi 4R-135 “Andijon sh.-Teshiktosh q.-Oyim q.-Qo`rg`ontepa q.-Jalolquduq q.-A-373 a/yo`li” avtomobil yo`lining 48-51 kmlari oralig`i (tuman markazi), tuman hududidan o`tgan 4R-136 “Ko`tarma q.-“Qorasuv-Xonobod” avtoyo`li-Topolino q.” avtomobil yo`lining 33-35 km oralig`i (Qorasuv sh. markazi);
  • Shahrixon tumani Naynavo mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-138 “Shahrixon sh.-Asaka sh.-Marxamat sh.-Qizilqiya q.” avtomobil yo`lining 4-12 km oralig`i), Nazarmaxram mahallasi (4R-139 “12 km oralig`i), Vaxim mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 “Shaxrixon shahriga”avtomobil yo`lining - “9-10 km oralig`i);
  • Ulug`nor tumani Oq oltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-127 “Marg`ilon sh.-Soybo`yi q.” avtomobil yo`lining - “31-34 km oralig`i), Oq oltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-141 “Shtab q.-Ulug`nor q.” avtomobil yo`lining - “12-16 km oralig`i);
  • Xonobod shahri ichki yul Mustaqillik mahallasi Obod ko`chasi 1 km. (Kashtan savdo markazi oldi), Anhor mahallasi I.Karimov ko`chasi (3 km. oralig`i)da transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Qashqadaryo viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

Qarshi shahridagi I.Karimov, Nasaf, Mustaqillik ko`chalarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Surxondaryo viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

Termiz shahridagi Shukrona, Taraqqiyot, Tohariston, Yoshlar, Fidokor, I.Karimov, Barkamol avlod, Istiqlol, Beruniy, Mehridaryo, Shimoliy Darvoza, A.Temur, Al-Hakim at-Termiziy, Navbahor, A.Navoiy va Ibn-Sino ko`chalarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Buxoro viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

  • Buxoro shahridagi I.Karimov ko`chasi, M.Iqbol ko`chasi, Namozgoh ko`chasi, Ibn-Sino ko`chasi, B.Naqshband ko`chasi, Navoiy shoh ko`chasi, G`ijduvon ko`chasi;
  • Kogon shahridagi Buxoro shoh ko`chasi, M.Tarobiy ko`chasi;
  • G`ijduvon tumanidagi A.G`ijduvoniy ko`chasi, Yu.Hamadoniy ko`chasi;
  • Qorako`l tumanidagi M.Ulug`bek ko`chasi, Toshkent ko`chasi;
  • Jondor tumanidagi M.Tarobiy ko`chasi, Zarafshon ko`chasi, Istiqlol ko`chasi, S.Ayniy ko`chasi;
  • Olot tumanidagi Olot shoh ko`chasida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Navoiy viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

Navoiy shahridagi G`alaba shoh ko`chasida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Xorazm viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko`chalar:

Urganch shahri hududida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар