Oliy ta`lim muassasalarida ta`til cho`ziladimi?

16.01.2023 19:51

Anomal harorat sababli cho`zilgan ta`til muddatining qachon tugashi haqida aniq javob yo`q. Vazirlik esa so`nggi qarorni hokimiyatdagilar chiqaradi demoqda

Bizga murojaat qilgan talabalarning aytishicha, hozirda o`zlari o`qiydigan ta`lim muassasalarida o`qishlarning boshlanish muddati borasidagi noaniqliklar ularni qiyin ahvolga tushirmoqda.

Gap shundaki, boshqa shaharlarda o`qiydigan talabalar, jumladan, poytaxt oliy ta`lim muassasalari talabalari yo`llardagi holat sababli ikkilanishmoqda. Bir tomondan bir qancha poezd va aviareyslarning bekor bo`layotgani, taksilar narxi gaz emas benzinda yurgani sababli qimmatlashgani bo`lsa, ikkinchi tomondan, agar dars boshlanmasa yana ortga qaytamizmi, degan savol ularni qiynamoqda. Bir tomondan esa turli telegramm kanallarida o`qishlar 30 yanvardan boshlanishi haqida xabarlar berila boshlandi.  

Biz Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi vakili bilan bu savolga oydinlik kiritish uchun bog`langanimizda, shunday javob oldik:

«Vazirlik tomonidan akademik o`quv yili va rejalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan. O`quv jarayonlari vaziyatdan kelib chiqib, mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda bosqichma-bosqich tashkil etib borilmoqda».

Bundan ko`rinadiki, barcha oliy ta`lim muassasalarida bir kunda darslar boshlanmaydi, balki har bir hudud uchun alohida kunlar belgilanishi mumkin. Shu sababli talabalarda faqat o`zlari o`qiydigan ta`lim muassasasi bilan aloqada bo`lib turishdan boshqa echim qolmayapti.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
16
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар