Rost24.uz internet sayti 2022 yilda aholi orasiga kirib muammolarni o`rgandi. Asosiy manzil mahallalar bo`lgani uchun “Mahallangizda muammo bormi?” loyihasi yo`lga qo`yildi.
Ushbu loyihada mahallalar ichiga kirib, u erda istiqomat qiluvchi aholi vakillariga turli savollar berildi. Jumladan, “Tuman hokimingizni taniysizmi?”, “Tumaningizdagi qaysi deputatni taniysiz?”, “Mahallangizda qanday muammo bor?”, “Mahallangizda oxirgi vaqtlarda qanday ijobiy o`zgarishlar bo`ldi?”.
Javoblar esa turlicha,
- Tuman hokimimiz mahallaga kelmaydi;
- Hokimni ismini bilmayman, tanimayman ham;
- Yangi O`zbekiston deydi, lekin yangi O`zbekistonda birinchi o`rinda svet yo`q;
- Tuman hokimi ham, deputat ham mahallalarga kelmaydi, kelsa taniymizda;
- Yangi O`zbekiston deydi, televizorda chiroyli joylarni ko`rsatadi lekin biz hech qanday o`zgarish sezmadik;
- O`sha bomba tushgan mahalla, o`sha holicha turibdi;
- Muammolar ko`p lekin hokimlikka, prokraturaga chiqsak ham ular hal bo`lmaydi;
- Mahallada muammo yo`l, ta`mirlab ketishadi ikki kunda yana yomon bo`ladi;
- Hokimlarning sayyor qabullarini nima ekanligini bilmaydiganlar ham bor;
Ko`tarilgan muammolar yuzasidan hokimliklar tomonidan ularni ijobiy tomonga bartaraf etish uchun munosabatlar bildirilgan. Ba`zi mahallalar, ya`ni Qibray tumanidagi “Madaniyat” va “Taraqqiyot” mahallalari" Obod qishloq” dasturiga tushgan deyildi. Ammo mahalla dasturga tushganga o`xshamaydi.
Jizzax viloyati Baxmal tumanidan tayyorlangan lavhaga esa hokimlik munosabati ijobiy bo`ldi. Jumladan, bozor hududidagi avtomobillar turar joyi, yo`llar ta`mirlanishi va gaz etib bormagan hududga suyultirilgan gaz etkazib berilishi aytilgan.
“Mahallangizda muammo bormi?” loyihasi 2023 yilda ham davom etadi…