Muammoga echim topilarmikan?..
Koreyalik investor O`zbekistonda 1.5 mln. AQSh dollarlik qurilish qilgan. Ammo, u hozirda bu qurilishga o`zi egalik qila olayotgani yo`q. Hujjatlar vaqtida tayyorlanmagani va og`zaki kelishuv bilan boshlangani bugun koreyalik investor Park Gvang Namga qimmatga tushmoqda.
Investor Park Gvang mazkur masala yuzasidan O`zbekistonning bir qancha rasmiy idoralariga, Toshkent shahri va Sergeli tumani prokuraturasi, Antikorrupsiya agentligiga murojaat qilgan.
Park Gvang Nam Koreya elchixonasi vakillari orqali Oliy Majlis Qonunchilik paltasi deputati va Koreys madaniy markazlari uyushmasi raisi Pak Viktor bilan tanishadi.
2013 — 2014 Sergeli tumani hokimligi tomonidan uyushmaga foydalanish uchun 1 gektar er ajratilgan va u bo`sh qolayotgan bo`lgan. Uyushma raisi Pak Viktor va Park Gvang Nam ana shu hududda qurilish qilishga va undan iqtisodiy maqsadlarda foydalanishga kelishib oladilar. Kelishuvga ko`ra, binodan tushadigan daromadning 10 foizi uyushmaga, qolgan qismi Park Gvang Namga tegishli bo`lishi kerak edi. Ikki taraf o`rtasida og`zaki shartnoma tuziladi hamda uyushma va xorijiy investor o`rtasida erdan birga foydalanish bo`yicha shartnoma tuziladi.
Shundan so`ng 2018 yilda qurilish ishlari boshlanib ketadi va 2021 yilga kelib kelib bino to`liq qurib, jihozlanib bitkaziladi. Park Gvang Namning nuz.uz ga aytishicha, ob`ektga qurilish ishlari, isitish va sovutish tizimi, aloqa vositalari bilan umumiy harajat 1 400 000 AQSh dollari miqdorida harajat qiladi.
Qurilish qonunan uyushmaga tegishli erda qad ko`taradi. Og`zaki kelishuvga ko`ra, Pak Viktor er hujjatlarni ma`lum qismini qurilish egasi Park Gvang Namga ham o`tkazib berishi kerak bo`lgan. Koreyalik investor Park Gvang deputat bo`lgan Pak Viktor qonunni buzmasligiga ishongan va shu asosda ish boshlagan. Biroq, deputat Pak Viktor er hujjatlarini o`zgartirishni cho`zib kelaveradi.
Endilikda o`z so`zlariga ko`ra, salkam bir yarim million AQSh dollari miqdorida harajat qilgan investor Park Gvang Nam qurilishni o`ziga rasmiylashtirolmay kelmoqda.
Investor Park Gvang mazkur masala yuzasidan O`zbekistonning bir qancha rasmiy idoralariga DXX, Toshkent shahri va Sergeli tumani prokuraturasi, Antikorrupsiya agentligi murojaat qilganini aytadi. Biroq, bironta idoradan javob bo`lmadi, deydi u nuz.uz'ga bergan intervyusida.
Hozirda investor Park Gvang Nam na harajatlarini qoplovchi mablag` va na erni hujjatlashtirishga erisha olgani yo`q.
Nuz.uz sayti bu yuzasidan, investor qurilish unga tegishli ekanligini isbotlovchi hujjatlar va Viktor Pakning ovozli yozuvlarini nashrga taqdim etgan.
Rost24.uz nashri Koreys madaniy markazlari uyushmasiga bir necha bor qo`ng`iroq qilib tusha olmadi. Saytimiz ikkinchi taraf bo`lgan uyushma va uning raisi deputat Pak Viktorning dalil va fikrlari uchun doim minbar berishga tayyorligini ma`lum qiladi.