Amaldor va hokimliklar 1 yil ichida noqonuniy sarflagan pullari evaziga 100 dan ortiq maktab qurish mumkin edi...

18.01.2021 03:47

2020 yilda mansabdor shaxslar tomonidan davlatga keltirilgan zarar (500,1 milliard so`m) hisobiga jami 100 ta maktab ya`ni, 10 ta viloyatda 10 tadan yangi maktab qurish mumkin edi. Yana bu buyudjetga o`rta hisobda 30 ta shifoxona ham qurib bitirish mumkin. 100 ta maktab yoki 30 ta shifoxona bu ijtimoiy turmush tarzimizga jiddiy ta`sir o`tkazadigan miqdor. Amaldorlar moddiy zarari hisobiga yana 50 ming nafar o`qituvchiga 1000 AQSh dollaridan bir martalik rag`batlantirish puli ham berish mumkin edi.

Amaldorlar davlatga etkazgan zarar miqdorini ko`rib, yoqa ushlaysan kishi va tabiiy savol tug`iladi, aslida amaldorlar xalqqa foyda keltiryaptimi yoki zarar?

Yuqoridagi miqdorga mahalliy byudjetdan noqonuniy sarflangan pul miqdori qo`shilsa ko`z yoshlaringizni tiyib turolmasligingiz aniq.

Mahalliy byudjetdan noqonuniy sarflangan 175.3 milliard so`mga bugun yangi O`zbekistonda 10 ta 200 kishilik shifoxona yoki 34 ta yangi maktab barpo etilishi yana 875 ta xonadonni yangi ikki xonalik uy bilan ta`minlash mumkin edi. Biroq, bu mablag` bugun boshqa cho`ntaklarga kirib ketgan.

Moliya vazirining ma`lumotlariga ko`ra, mahalliy byudjetlar mablag`larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o`tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 175,3 mlrd so`m miqdorida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan. Abgor ahvolga kelgan yo`l ta`mirlanishi, qaysidir qishloqda yangi poliklinika yoki tumanlarda shifoxona qurilishi bo`yicha rejaga kiritilgan ob`ektlarning ortga surilaverish sabablari shu raqamlar ortida yashiringandek go`yo. Qishloqlarda o`quvchilarning asfalt etmagan erlardan loyga botib maktabga qatnashlari ham ana shu noqonuniy sarflangan mablag`lar evaziga emasmikan?..

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
19.01.2021 23:54
таҳлил зўр! Гап йўқ!
18.01.2021 09:03
Sabàbi nimada ekan?