Bloger Shahnoza Soatova bugungi matbuot xizmatlarining ommaga ochiq emasligini aytib o`tdi
Adliya vaziri maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatovadan «Yil tanlovi» nominasiyalari bo`yicha kuzatuvlarini so`radik.
-2022 yilning «Eng namunali vazirligi» qaysi?
Shahnoza Soatova Adliya vazirligi deb hisoblashi ammo o`zi ishlaydigan vazirlikni aytmay nisbatan olganda Moliya vazirligi ushbu nominasiyaga munosib nomzod ekanligini aytdi. - Ularni oldida ham katta masalalar turibdi. Moliyaviy ko`rsatkichlar, inflyasiya va boshqa masalalar borasida ham ular 2022 yilda qattiq ishladi.
- 2022 yilning «Yil odami» nominasiyasiga munosib nomzod?
- Yil odami sifatida Erkin Bozorovni aytgan bo`lardim. Chunki, Erkin Bozorov mediaga yangilik olib kirdi. Axborot maydonida juda bir xillik bo`lib qolgandi. U o`zbek tilida yangi, original ma`no olib kirdi. Ancha dadil gapira boshladi. U adabiyotni, she`riyatni so`zni qudratini ko`rsatib berdi.
-2022 yilning «Eng namunali hududi» qaysi?
Farg`ona viloyati, hokim Xayrulla Bozorov rahbarligida.
-2022 yilning «Eng namunali matbuot kotibi» kim?
Matbuot kotiblarining asosiy vazifasi jurnalist va blogerlarga nasihat, maslahat emas ma`lumot berish, ammo ko`p hollarda matbuot kotiblari qayta-qayta noto`g`ri axborot tarqatmaslik, uning javobgarlik holatlari borligini eslatishadi. Matbuot kotiblari kommunikasiya odamlari ular javobgarlikni qayta-qayta eslatishdan ko`ra diplomatiya qilib, jurnalistlarga ochiqligini ko`rsatsa yaxshiroq deb o`ylayman.
-2022 yilning «Media lideri» kim?
Otabek Bakirov, Davletov.uz, Xushnudbek, Nikita Makarenko va Yutub blogerlardan «Aktivist» loyihasi juda yaxshi olib borilyapti. Shularni ta`kidlagan bo`lardim. Albatta jurnalistikani o`zini standartlari bor. Fikrning asoslanganligi, argumentlarning ham kuchliligi, tahlilga boyligi, dadilligi jihatidan ham shularni aytgan bo`lardim, deya javob berdi. Shuningdek, u Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov faoliyatini alohida qayd etib o`tdi.